Perm o‘lkasi va Farg‘ona viloyati turizm sohasida qator kelishuvlarga erishdi

© Flickr / t_y_lPamatnik v Fergane
Pamatnik v Fergane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
Obuna bo‘lish
Perm o‘lkasi va Farg‘ona viloyati bitim doirasida turizm sohasida qator ishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “INNOPROM” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Rossiyaning Perm o‘lkasi hukumati va O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati hokimiyati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ushbu bitim bilan 2021-2022 yillarda Farg‘ona viloyati hamda Perm o‘lkasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va boshqa sohalarda amalga oshiriladigan hamkorlikdagi loyihalar va tadbirlar bo‘yicha bitimga ilova shaklida chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Jumladan, turizm sohasida qator ishlarni amalga oshirish mo‘ljallangan: 2021-2022 yillarda sayyohlik mahsulotlari to‘g‘risidagi namoyish materiallari bilan o‘zaro almashish, ikki tomon turoperatorlari uchun tur tashkil etish hamda otelyerlar forumini tashkil etish.
Bu ishlarni amalga oshirish Perm o‘lkasi turizm va yoshlar siyosati agentligi va Farg‘ona viloyati turizmni rivojlantirish boshqarmasi zimmasiga yuklangan.
Perm i Fergana podpishut soglashenie o mnogostoronnem sotrudnichestve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
Perm o‘lkasi va Farg‘ona viloyati o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolaydi
Eslatib o‘tamiz, 5-aprel kuni Toshkent shahrida “INNOPROM. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Unda dunyoning 20 mamlakatidan 300 dan ortiq kompaniyalar qatnashmoqda. Ko‘rgazma dasturi doirasida 15 ga yaqin keng qamrovli tadbirlar va 200 dan ortiq biznes-uchrashuvlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0