Rossiya

Rossiya dollardan voz kechishi uchun necha yil kerak boʻladi – ekspert javobi

© SS0 / Unsplash / Infrarate.comKupyura, illyustrativnoye foto
Kupyura, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Rossiya oʻz iqtisodida dollarni taʼqiqlash niyatida emas, shunchaki boshqa valyutalarda hisob-kitob qilish uchun qulay sharoit yaratishni istaydi.
TOSHKENT, 5 apr - Sputnik. Rossiya dollardan toʻliq voz kechishi uchun 4-5 yil kerak boʻladi, dedi RIA Novostiga investitsiyalar boʻyicha ekspert Maksim Shein.
Biroz oldin Rossiya Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Aleksandr PankinAQSH siyosatining kutilmagan tomonga burilishi ehtimoli yuqori boʻlgani sababli oʻzaro hisob-kitoblarda dollardan foydalanishni noqulay qilmoqda. Shu sababli Rossiya savdo aloqalarida dollarni cheklashga qaror qilganini xabar qilgan edi.
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.10.2018
Dunyoda
Rossiya hukumati dollardan voz kechish rejasini tayyorlamoqda - OAV
“Dollardan voz kechish mavzusi soʻnggi yillarda koʻp marotaba koʻtarilgan edi, lekin bu safar u birinchi bor davlatning rasmiy kursi sifatida eʼlon qilindi. Rossiya AQSH valyutasidan foydalanmaslikni nazarda tutuvchi tizim qurishi haqida gapirdi. Buning uchun 4-5 yil kerak boʻladi, chunki yillar davomida shakllangan savdo va bank amaliyotlarini qayta koʻrib chiqish kerak boʻladi”, - deydi Shein.
Ayni damda Rossiyada buning uchun barcha sharoitlar mavjud: yetarli darajada oltin zahiralari jamlangan, dollarja hisoblanadigan moliyaviy aktivlar miqdori ham kamaytirilgan, yangi toʻlov tizimi ishga tushirilgan. Savdo hamkorlarning ham dollardan voz kechish istagi bor. Undan tashqari AQSH tomonidan ham buning uchun yetarlicha asoslar yaratilmoqda (AQSH prezidentining Rossiyaga qarshi qaratilgan keskin bayonotlari), - deydi ekspert.
Eslatib oʻtamiz, AQSH oʻzining sanktsiyaviy siyosati bilan dollarga va AQSH davlat qarziga boʻlgan ishonchni buzayotganini bir necha marotaba taʼkidlangan edi. Shu bilan birga Rossiya hukumati iqtisodda dollarni taʼqiqlash niyatida emas. Ular shunchaki boshqa valyutalarda hisob-kitob qilish uchun qulay sharoit yaratishni nazada tutadi, xolos.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala