Rossiya Toshkent shahriga kommunal xoʻjalik texnikasi yetkazib beradi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishAvtomobili kommunalnыx slujb moyut dorogu
Avtomobili kommunalnыx slujb moyut dorogu  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Loyiha Rossiya eksportni qoʻllab quvvatlash dasturi doirasida ajratilgan kredit hisobidan amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 5 apr - Sputnik. Rossiya korxonalari Toshkent shahriga kommunal xoʻjalik texnikasi yetkazib beradi. Bu haqidagi uch tomonlama shartnomaga Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “Innoprom” koʻrgazma doirasida erishildi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Shartnomada Toshkent shahar hokimligi, VEB.RF davlat korporatsiyasi hamda “Rossiya eksport markazi” ishtirok etishdi.
Imzolangan hujjatda Toshkent shahar kommunal xoʻjalik xizmatlarining texnika parkini yangilash nazarda tutilgan. Shartnoma qiymati 1,25 mlrd rubl boʻlib u 130 dona texnika birligi yetkazib berishni nazarda tutadi.
Vыstavka Innoprom 2021 v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Denis Manturov sanoatning asosiy oʻsish drayverini aytdi
Loyiha Rossiya eksportni qoʻllab quvvatlash dasturi doirasida ajratilgan kredit hisobidan amalga oshiriladi.
Texnikaning bir qismi Oʻzbekistondagi KAMAZ bilan birgalikda tuzilgan “UzAuto Trailer” qoʻshma korxonasida ishlab chiqariladi.
VEB.RF boshqarmasi raisi Daniil Algulyan aytishiga qaraganda, ushbu sohada Oʻzbekiston Rossiyaning muhim hamkorlaridan biri boʻlib, hamkorlik potentsiali 5 milliard rublni tashkil qiladi. Hamkorlik ikki tomonlama foydali – Rossiya uchun bu eksportni oshirish imkoniyati boʻlsa, Toshkent shahri – ishonchli va samarali texnikaga ega boʻladi va koʻrki yanada ochiladi.
Rossiya korxonalarinian Toshkent shahri hokimligi bilan hamkorligi istiqboli porloqdir. Kelajakda Toshkent bilan “Aqlli shahar” majmualari borasida ham hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoni bor, dedi RETS AJ bosh direktori Veronika Nikishina.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala