Rossiya Toshkent shahriga kommunal xo‘jalik texnikasi yetkazib beradi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishAvtomobili kommunalnix slujb moyut dorogu
Avtomobili kommunalnix slujb moyut dorogu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
Obuna bo‘lish
Loyiha Rossiya eksportni qo‘llab quvvatlash dasturi doirasida ajratilgan kredit hisobidan amalga oshiriladi.
TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Rossiya korxonalari Toshkent shahriga kommunal xo‘jalik texnikasi yetkazib beradi. Bu haqidagi uch tomonlama shartnomaga Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom” ko‘rgazma doirasida erishildi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Shartnomada Toshkent shahar hokimligi, VEB.RF davlat korporatsiyasi hamda “Rossiya eksport markazi” ishtirok etishdi.
Imzolangan hujjatda Toshkent shahar kommunal xo‘jalik xizmatlarining texnika parkini yangilash nazarda tutilgan. Shartnoma qiymati 1,25 mlrd rubl bo‘lib u 130 dona texnika birligi yetkazib berishni nazarda tutadi.
Vistavka Innoprom 2021 v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
Denis Manturov sanoatning asosiy o‘sish drayverini aytdi
Loyiha Rossiya eksportni qo‘llab quvvatlash dasturi doirasida ajratilgan kredit hisobidan amalga oshiriladi.
Texnikaning bir qismi O‘zbekistondagi KAMAZ bilan birgalikda tuzilgan “UzAuto Trailer” qo‘shma korxonasida ishlab chiqariladi.
VEB.RF boshqarmasi raisi Daniil Algulyan aytishiga qaraganda, ushbu sohada O‘zbekiston Rossiyaning muhim hamkorlaridan biri bo‘lib, hamkorlik potensiali 5 milliard rublni tashkil qiladi. Hamkorlik ikki tomonlama foydali – Rossiya uchun bu eksportni oshirish imkoniyati bo‘lsa, Toshkent shahri – ishonchli va samarali texnikaga ega bo‘ladi va ko‘rki yanada ochiladi.
Rossiya korxonalarinian Toshkent shahri hokimligi bilan hamkorligi istiqboli porloqdir. Kelajakda Toshkent bilan “Aqlli shahar” majmualari borasida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoni bor, dedi RES AJ bosh direktori Veronika Nikishina.
Yangiliklar lentasi
0