“Skolkovo” Oʻzbekiston innovatsion rivojlanishiga qanday hissa qoʻshmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishPredsedatel fonda "Skolkovo" Arkadiy Dvorkovich
Predsedatel fonda Skolkovo Arkadiy Dvorkovich - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Dvorkovich koʻrgazmaning asosiy "Oʻsish drayverlarini qidirishda jahon sanoat ishlab chiqarishi" strategik sessiyasida soʻzga chiqdi
TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Ayni damda Toshkentga tashrif buyurgan "Skolkovo" fondi raisi Arkadiy Dvorkovich Sputnik muxbiriga mazkur tashkilot tomonidan Oʻzbekiston innovatsion rivojlanishiga qanday hissa qoʻshmoqchi boʻlgani haqida gapirib berdi.
5-7 aprel kunlari Oʻzbekiston poytaxtida "Innoprom" xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Dvorkovich koʻrgazmaning asosiy "Oʻsish drayverlarini qidirishda jahon sanoat ishlab chiqarishi" strategik sessiyasida soʻzga chiqdi.
“Skolkovo” fondi raisi soʻnggi 2 yilda Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida hamkorlik keskin faollashganini taʼkidladi. Rossiya kompaniyalari birin-ketin Oʻzbekiston bozoriga kirib kelmoqda.
Innoprom-2021: samыe peredovыe texnologii ot rossiyskiy i zarubejnыx kompaniy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Video
Rossiya kompaniyalari Toshkentga nimalarni olib kelishdi
"Biz respublika rahbariyati bilan ustuvor vazifa boʻlgan sunʼiy intellekt sohasidagi loyihalar, mutaxassislarni oʻqitish (birinchi navbatda IT sohasida) va sanoatga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qildik. Skolkovo respublikaning yetakchi kompaniyalari uchun yuqori texnologiyalar sohasida potentsial sheriklarni tanlaydi, meʼyoriy-huquqiy bazani ishlab chiqishda yordam beradi, oʻzbek kompaniyalarining Rossiya bozoriga kirish uchun koʻmaklashadi", - dedi Dvorkovich.
6 aprel kuni “Innoprom” doirasida "Raqamli ishlab chiqarish: samarali texnologiyalar va yondashuvlar" sessiyasida sheriklaridan biri “Skolkovo” boʻldi. Unda fond vitse-prezidenti, rivojlangan ishlab chiqarish texnologiyalari klasterining ijrochi direktori Aleksey Belyakov ishtirok etadi.
Shu kuni “Skolkovo” innovatsiyalar boʻyicha bosh vitse-prezidenti Kirill Kay "Pandemiyaga qarshi kurash davrida sogʻliqni saqlash tizimi uchun sanoat" sessiyasida moderatorlik qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala