Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligiga yangi direktor tayinlandi

© Facebook / Invest in Tashkent RegionDjamshid Abdusalamov vozglavil Agentstvo po mejdunarodnomu sotrudnichestvu i razvitiyu pri MIVT.
Djamshid Abdusalamov vozglavil Agentstvo po mejdunarodnomu sotrudnichestvu i razvitiyu pri MIVT. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
Obuna bo‘lish
Jamshid Abdusalamov Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori etib tayinlandi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Jamshid Abdusalamov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori etib tayinlandi. Hukumatning tegishli qarori 3-aprel kuni imzolangan.
Abdusalamov 2019-yildan beri Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2021 yil martida Jamshid Abdusalamov o‘rniga Toshkent viloyati hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga lavozimiga Najmiddinxo‘ja Sharipov tayinlangan. Sharipov bunga qadar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga raislik qilib kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0