Yangi prognoz: Jahon banki Rossiya o‘zini tez o‘nglashini bashorat qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMoskovskaya birja
Moskovskaya birja - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
Obuna bo‘lish
Jahon banki ekspertlari Rossiya iqtisodiyoti inqirozdan keyin kutilgandan ham ko‘ra tezroq qayta tiklanishini aytishmoqda.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Rossiya iqtisodiyoti inqirozdan keyin kutilgandan ham ko‘ra tezroq qayta tiklanadi. Jahon banki ekspertlari shunday xulosaga kelishdi – yangi prognoz yanvardagiga qaraganda ancha yaxshi. Rossiyada o‘sishning qaysi drayverlarini ko‘rishdi va nima to‘xtatib qo‘yishi mumkin – RIA Novosti materialida.

Cheklovlarning bekor qilinishi va emlash

Mamlakatning YaIM 2021 va 2022-yillarda mos ravishda 2,9 va 32 foizga o‘sadi, deb hisoblaydi Jahon banki (JB). Yanvar oyida 2,6 va 3 foiz haqida gapirishgandi. “<...> Pandemiya oqibatlari ta’siri asta-sekin susayishi bilan qayta tiklanish o‘sishi kutilmoqda”, - deya qayd etishgan Yevropa va Markaziy Osiyo iqtisodiyoti haqidagi ma’ruza mualliflari.
2020 yilda YaIM yo‘qotishlari ko‘plarnikiga qaraganda kamroq ekan – 3,1 foiz. Va bu prognozni o‘zgartirish uchun asos bo‘lgan.
Cheklovlarning yumshatilishi faol o‘sishga ko‘maklashadi. Rossiya koronavirusning ikkinchi to‘lqini sabab lokdaun e’lon qilmadi, bu inqirozdan tezroq chiqib ketish imkonini berdi. Jahon banki mamlakat COVID-19ning uchinchi to‘lqiniga chap berishidan kelib chiqmoqda.
Tovarnie sostavi na jeleznodorojnoy stansii Yanichkino - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
Yangi supersikl: Neft bozorida beshinchi o‘sish to‘lqini boshlanadi
JB ekspertlari Rossiya vaksinasi va boshlangan emlash ishlarini kuchli drayver deb hisoblashadi. Shu bilan birga xatarlarni ham ko‘rsatishmoqda: agar aholi istar-istamas emlansa, epidemiya davom etadi.
G‘arbning navbatdagi sanksiyalari salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bank sektori shubha tug‘diradi. Iqtisodchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ipoteka bozori haddan ziyod kuyib ketadi va bu aktivlarning sifatini yomonlashtirishi va moliyaviy tashkilotlar daromadini kamaytirishi mumkin.

Qashshoqlik darajasi va budjet

JB mamlakatda qashshoqlik darajasi o‘tgan yilga qaraganda kamayadi deb taxmin qilishmoqda, ammo 2022-yilga qadar pandemiyaga qadar ko‘rgatgichlardan yuqori bo‘ladi. Ma’ruza mualliflari hukumatning ijtimoiy choralari yanada qashshoqlashib ketishga yo‘l qo‘ymagan.
Dekabr oyida bu haqda JBning Rossiyadagi vakolatxonasi direktori Reno Seligmann ham aytgandi. U hukumatning inqirozga qarshi xatti-harakatlarini qayd etgandi.
Rabota neftanix stankov - kachalok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarish: Nega Rossiyaga o‘ta qimmat neft foydali emas
Davlat biznes va aholini qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini oshirdi. Boz ustiga Markaziy bankning kattagina moliyaviy zaxiralari mavjud. Inqirozga qarshi quyilishni ekspertlar YaIMning 4 foiziga baholashdi (to‘rt trillion rubldan ziyod). Bu mamlakatni kambag‘allashishdan tutib turgan.
Mehnat vazirligi avvalroq qashshoqlikning 13 foiz darajasi haqida ma’lum qilgandi. Bu deyarli 20 million kishi.
Shuningdek. JB budjetga oid prognoz qildi. O‘tgan yil 4,1 trillionlik rubl defitsit yoki YaIM 3,8 foizi bilan nihoyalandi. 2021-yilda 1,8 foizni bashorat qilishmoqda. 2022-yil esa daromad ko‘proq bo‘ladi.

Retsessiya yakunlandi

Mart oyi o‘rtalarida “Oliy iqtisodiyot maktabi” milliy tadqiqot universiteti " (NIU VShE) ekspertlari retsessiyani nihoyalandi deb hisoblash mumkinligini ma’lum qilishgandi.
Iqtisodchilarning tushuntirishlaricha, YaIM uchinchi va to‘rtinchi choraklarda 4,2 va 1,7 foiz, asosiy kapitalga sarmoyalar esa 1,2 va 0,4 foizga ko‘paygan.
Ekspertlar sarmoya faolligining nisbatan sekin pasayishini ham aytishgan. Va bu Rossiya umuman dunyoga qaraganda inqirozni og‘riqsizroq boshdan kechirayotganining tasdiqlaridan biridir. Postsovet tarixida bu birinchi.

Har qachongidan ham yumshoqroq

2020 yilda Rossiya YaIM inqirozli 2015-yilga qaraganda ko‘proq qisqardi (ikki foiz), ammo 2009-yilga qaraganda sezilarli kamroq (7,8 foiz), deya ta’kidlashdi tahlilchilar.
Fevral boshida Rossiya hukumatining pandemiyaga qarshi kurashishdagi xatti-harakatlarini Xalqaro valyuta jamg‘armasi ham yuqori baholagandi. 2021-yilda mamlakatning YaIM uch foizga oshadi, kelasi yil esa 3,9 foizga. AQSh yoki Yevropa hudidiga qaraganda ko‘proq, - deya bashorat qildi XVJ. Asosiy drayverlar orasida ekspertlar koronavirusga qarshi ommaviy emlash, aholi va biznesga davlat ko‘magi, kattagina zaxiralar va kam qarzni sanab o‘tishdi.
Kupura, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
Rossiya dollardan voz kechishi uchun necha yil kerak bo‘ladi – ekspert javobi
Rossiyani istiqbolli bozorini “Bloomberg” agentligi tahlilchilari ham tan olishgandi. Ular 17 ta mamlakatni iqtisodiy va moliyaviy barqarorlarning 11 ta ko‘rsatgichi asosida, xususan, YaIM, tashqi qarz, valyuta zaxiralari, real foizli stavka bo‘yicha prognozni tahlil qilishgan. Rossiya yakuniy reytingda ikkinchi o‘rinni band etgan.
Ekspertlar ishonchli budjet profili va yaxshi investitsiya pozitsiyasi – 30 foiz hamda kattagina xalqaro valyuta zaxiralari – 587,1 milliardni qayd etishgan. Defolt ehtimoli juda past. Shuningdek, “Bloomberg” 2021-yilda Rossiyaning yetarlicha yaxshi iqtisodiy o‘sishini – uch foiz bashorat qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0