Dunyoda

AQSH S-400 tufayli Turkiyaga qarshi sanktsiyalar kiritdi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Fotobankka oʻtishPolk S-400 zastupil na boyevoye dejurstvo v Krыmu
Polk S-400 zastupil na boyevoye dejurstvo v Krыmu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Turkiya Mudofaa tashkilotining rahbari va 3 nafar xodimiga AQSH kirish, amerikaliklar bilan hamkorlik qilish va u yerda mol-mulkka ega boʻlish taʼqiqlandi.
TOSHKENT, 5 apr - Sputnik. AQSH Turkiyaning davlat muassasi va toʻrt nafar amaldoriga nisbatan Rossiyaning mudofaa sektori bilan hamkorlik qilgani uchun sanktsiyalar kiritdi, RIA Novosti xabariga asosan.
Ushbu haqidagi qonun rasman roʻyxatga olindi va7 apreldan kuchga kiradi. Sanktsiya ostiga Turkiya mudofaa sanoatini boshqarish muassasasi (SSB) hamda uning 4 nafar xodimi, jumladan muassasa rahbari Ismail Demir ham kiritilgan.
Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoye dejurstvo v Sevastopole - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.12.2019
Dunyoda
Turkiya mudofaa vaziri Anqarani S-400 xarid qilishga nima majburlaganini tushuntirdi
Ushbu sanktsiyalar “AQShning raqiblariga qarshi sanktsiyalar orqali kurashish” toʻgʻrisidagi qonun (CAATSA) asosida kiritilgan boʻlib, uning matnida ZRM S-400 aytib oʻtilgan.
Ushbu sanktsiya tufayli SSB tashkilotiga Amerikadan eksport mahsulot olishi, 10 milliondan ortiq kredit olishini taʼqiqlaydi. Muassasaning 4 nafar xodimlari esa AQShga kirish huquqidan mahrum boʻlishadi. AQSH hududida ularga tegishli boʻlgan mulklar bilan har qanday operatsiya bajarish bloklanadi. Shuningdek amerikaliklarga ham uldar bilan ish yuritish taʼqiqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala