Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Iqtisod

YEOII: 2025 yilgacha strategiya rejasi tasdiqlandi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishFlagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze
Flagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
YEOII 2025-yil strategiyasini amalga oshirish rejasi maʼqullandi
TOSHKENT, 6 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashi Strategiya-2025ni amalga oshirish rejasini maʼqulladi, deb xabar beradi YEIK matbuot xizmati.
Dekabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini kelgusi yillar uchun rivojlantirish yoʻnalishlari YEOII aʼzo davlatlar rahbarlari tomonidan tasdiqlangandi.
Vazifalarning aksariyati 2023 yilga qadar bajarish rejalashtirilgan.
2021 yil oxiriga qadar quyidagilar amalga oshiriladi:
YEOIIning texnik reglamentlarini ishlab chiqish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish;
muvofiqlik sertifikatlari va deklaratsiyalarining elektron shakllariga oʻtish uchun bazani tayyorlash;
“Raqamli texnik reglament” loyihasini amalga oshirishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
YEOIIda yuklarni tranzitining yagona tizimini rivojlantirish toʻgʻrisida xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash;
kredit maʼlumotlari almashinuvi tartibi toʻgʻrisida xalqaro shartnomani imzolash.
Bundan tashqari, shu yilda dunyoning turli davlatlarida "yashil" iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish tajribasini tahlil qilish, YEOII taʼlim sohasida yagona axborot portaliga qanchalik ehtiyoj borligini aniqlash, shuningdek sogʻliqni saqlash sohasida qoʻshma tashabbus va hamkorlik loyihalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish boʻyicha olib boriladi.
Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YEAES) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
Iqtisod
Toshkentda YEOII sanoat siyosati boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtadi
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Armaniston YEOIIning toʻlaqonli aʼzolari. Kuzatuvchi-davlatlar Oʻzbekiston, Kuba va Moldova.
YEOII komissiyasida Oʻzbekiston vakili - Shuhrat Shukurov. Ungacha u Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala