https://oz.sputniknews-uz.com/20210406/hammasi-donbass-tufayli---aqsh-evropada-nimalar-uyushtirmoqda-18184916.html
“Hammasi Donbass tufayli” - AQSH Yevropada nimalar uyushtirmoqda
“Hammasi Donbass tufayli” - AQSH Yevropada nimalar uyushtirmoqda
TOSHKENT, 6 apr — Sputnik. Donbassda mojaro keskin tus olishi va ukrainalik siyosatchilarning tajovuzkorona bayonotlaridan soʻng, AQSH Yevropadagi qoʻshinlarini
2021-04-06T17:32+0500
2021-04-06T17:32+0500
2021-04-06T17:32+0500
kolumnistlar
donbass
urush
ukraina
aqsh
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/262/02/2620216_0:0:1640:923_1920x0_80_0_0_910bc993ac5be2bd30995eb75a628f1b.jpg
TOSHKENT, 6 apr — Sputnik. Donbassda mojaro keskin tus olishi va ukrainalik siyosatchilarning tajovuzkorona bayonotlaridan soʻng, AQSH Yevropadagi qoʻshinlarini “ehtimoliy krizis” holatidan “muqarrar krizis” holatiga oʻtkazdi. New York Times xabariga koʻra, Pentagon buni Ukraina janubi-sharqida vaziyat keskinlashuvi hamda “Moskva hududda harbiy faollikni oshirishi” munosabati bilan amalga oshirgan. Kiyev va "qoʻgʻirchoqbozlar"Ukraina janubi-sharqida choʻgʻi oʻchmayotgan harbiy-siyosiy mojaro yaqin orada yangi kuch bilan alanga olishi mumkin. Minsk tinchlik shartnomalariga qaramasdan Kiyev uning oʻchogʻiga oʻtin qalamoqda. DNR va LNR soʻnggi kunlarda uyushtirilayotgan provokatsiyalar, qonunbuzarliklar haqida doimiy ravishda xabar qilib kelmoqda. Ukraina harbiy kuchlari (UHK) odatda aholi punktlariga artilleriya va minomyotlardan oʻqqa tutmoqda. Tinch aholi orasida qurbonlar bor.DNR rahbari Denis Pushilin fikriga koʻra, vaziyatni urushsiz hal qilishning iloji - deyarli yoʻq. “Kiyev amalga oshirayotgan ishlarga qaraganda, buning etimoli juda kam. DNR va LNR muammoni siyosiy yoʻl bilan hal qilish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishlarni qilmoqda. Afsuski Kiyev mutlaq boshqa kayfiyatda.... Yolgʻon va manipulyatsiya – biz hozircha Ukraina tomonidan faqat shularni koʻrmoqdamiz. Bunday vaziyatda masalani siyosiy yoʻl bilan hal qilish imkoniyati deyarli nolga teng”, - dedi Pushilin “Rossiya 24” telekanaliga.Kiyev tomonidan provokatsiya shamoli nafaqat Shart tomonga, balkim Gʻarbga ham esmoqda. Yaqinda Pentagon rasmiy vakili Djon Kirbi “Vashington Rossiyaning Ukraina bilan yaqin chegarasida harbiy tayyorgarlik koʻrayotganidan xabardor” ekanini maʼlum qilgan edi. Bu borada Kreml yana takroran taʼkidlaydi: Rossiya armiyasi Ukraina hududidagi janglarda ishtirk etmagan va etayotgani yoʻq. Peskov aytishiga koʻra, Donbassdagi mojaroyu – bu Ukrainaning ichki ishidir. Shu bilan birga hech kim “UHK provokatsiyalari tufayli Ukrainada fuqaro urush kelib chiqishini” istamaydi. "Valday" klubining tahlilchi eksperti Artem Kureyev aytishiga koʻra: Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mustaqil qaror qabul qilishga qodir emas va faqat AQSH “musiqasi ostida oʻyinga tushmoqda”. “Agar Qrim yoki Donbassga hujum qil degan komanda boʻlsa, Kiyev Ukrainaga yetadigan zararni oʻylamasdan ana shunday qiladi ham. Ustiga ustak ayni damda Zelenskiyga ham Baydenga ham yirik muvaffaqiyat kerak. Donbass – buning uchun yaxshi joy. Gap faqat yangi tashkil qilingan respublikalar qoʻshinlarining jangga kirishga va Moskvaning ularga yordam berishga qanchalik shayligida. Vashington esa – har qanday holatda ham yutib chiqadi. Ukraina hujumi qaytarilsa – AQSH Rossiyani qoralab, unga qarshi navbatdagi sanktsiyalarni kiritadi, jumladan “Shimoliy oqim-2”ga ham. “Oʻzlari amallaydi” Ukraina va AQSH Rossiya qoʻshinlarining navbatdagi harakatlarini “jangga tayyorgarlik” deb olovga yonilgʻi quyishda davom etishaveradi. Bu bilan ular Vashingtondan koʻproq yordam olishga hatto AQSH qoʻshinlarini Ukrainaga kiritilishiga erishishmoqchi. AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin ukrainalik hamkasabasi Andrey Taran bilan suhbatda “Rossiya provokatsiyalarining oshishini” ayblashdi va Pentagon Kiyev hukumatini Rossiya agressiyasidan yanada samaraliroq himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi. Vashington 2015 yilda Ukrainaga qurol yarogʻ sotib olish va harbiylarni tayyorlash uchun 2 milliard dollardan ortiq pul ajratilganini esga oldi. “Rossiya agressiyasi oshgan taqdirda AQSH Ukrainani bir oʻzini tashlab qoʻymaydi” deb vaʼda berdi. AQSH, darhaqiqat, Rossiya bilan mojaroda Kiyevni qoʻllab quvvatlashini vaʼda berdi. Lekin bu vaʼda biroz noaniq. Ular Ukraina armiyasini mustahkamlashga, jangovar texnika yetkazib berishga tayyor. Lekin qurolli mojaro boshlansa Amerikalik harbiy mutaxassislar u yerga keladimi, harbiy qoʻshinlarchi? Bunday stsenariy amalga oshsa – bu uchinchi jahon urushi degani”, - deydi Artem Kureyev. Ekspert Pentagon buni amalga oshirishiga ishonmaydi. Vashington ham soʻnggi 7 yil ichida Ukraina harbiy kuchlari yetarli darajada kuch yigʻib olgan deb hisoblaydi. “Masalaning boshqa tomoni – mojaro kuchayishida ular baribir Rossiyani ayblashadi. Bu esa oʻz navbatida yanada qattiqqoʻl sanktsiyalarga olib keladi. Aslida birinchi oʻqni kim uzganini – hech kim surishtirib oʻtirmaydi. Vashington ham Bryussel ham. Chunki hammasi allaqachon hal boʻlgan. Masala – Ukraina armiyasi nimaga erishi mumkin va bunga Moskva qanday javob qaytaradi. Yevropada NATO qoʻshinlarining tayyorgarlik darajasining ortishi esa – bu Kiyev uchun belgi hamda Moskvaga oʻziga xos bosim oʻtkazishdir", - deydi ekspert.Internetda tez-tez paydo boʻlayotgan, Qrim va Rostov viloyatida Rossiya harbiy texnikasi bir joydan ikkinchi joyga koʻchirilayotgani haqidagi videolar esa – qoʻshinlarning kundalik harakatlari bilan bogʻliq xolos. Masalan 2 aprel dan Qora dengiz floti Qrim va Krasnodar oʻlkasida joylashgan qoʻshinlarning rejali tekshirish jarayonini boshlagan edi. Ushbu oʻquv mashgʻulotlari doirasida dengiz floti va quruqlik kuchlari, havo mudofaasi va aviatsiya himoya va hujum mashqlarini bajarishdi. Bunday manyovrlar esa qoʻshinlarni u yerdan bu yerga koʻchirishni talab qiladi, jumladan umumiy yoʻllar orqali ham. Ushbu harakatlar aks etgan videolarni AQSH va Ukraina Rossiya harbiy faolligini oshirayotganining navbatdagi isboti deb hisoblashmoqda. Eshik va teshikShu bilan bir vaqtda Vashington va Kiyev oʻz harakatlari borasida lom-mim deyishayotgani yoʻq. Xususan Yevropadan Ukrainaga ochilgan havo yoʻlagining faollashgani haqida hech qanday maʼlumot berilmagan. Ushbu yoʻl orqali harbiy transport samolyotlari bir necha kundan beri Ukrainaga qandaydir yuklar olib kelmoqda. Agar bu birgalikda oʻtkazish rejalashtirilayotgan oʻquv-mashqlari boʻlsa ham, unda ehtimoliy raqib aniq belgilangan, bu – Rossiya. NATO Defender Europe 2021 - soʻnggi 25 yilda eng yirik boʻlishi kutilayotgan harbiy oʻquv mashqlariga tayyorlanmoqda.Undan 20 mingdan ortiq Amerika va 17 mingga yaqin boshqa davlat harbiylari ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbir doirasida Yevropa, Boltiqboʻyi, Bolqon yarim oroli hamda Boltiq dengizi qa Qora dengizda hujum va himoya mashqlarini bajarsh rejalashtirilgan. Ukraina ham ushbu oʻquv mashqlariga jalb qilinadi, chunki unga “NATOning kengaytirilgan imkoniyatlar berilgan hamkori” maqomi berilgan. Defender Europening Rossiyaga qarshi qaratilgani Kiyevda ham tasdiqlandi. Ukrainaning Donbass guruhi boʻyicha vakili Aleksey Arestovich aytishiga koʻra ushbu mashgʻulotlar “Rossiya bilan urushni mashq qilish uchun kerak”. Harbiy fanlar doktori Konstantin Sivkov aytishiga koʻra, NATOning Yevropadagi mashqlari – bu qoʻshimcha kuchlarni Rossiya chegarasiga yaqinroq olib kelish uchun bahona xolos. Jangovar tayyorgarlikning “krizis muqarrar” degan maqomi ham – buni tasdiqlaydi. Ekspert xulosasiga koʻra, AQSH va NATO, Ukraina janubi sharqida toʻla masshtabli qurolli mojaro sodir boʻlganda, Rossiyaga qarshi kurashishga tayyor boʻlgan guruh tayyorlamoqda. Oʻquv-mashqari niqobi ostida ular qurolli kuchlarini AQShdan Yevropaga koʻchirmoqda. Hozir Donbassda 600 mingga yaqin Rossiya fuqarolari bor va Konstitutsiyaga muvofiq biz ularni himoya qilishimiz kerak boʻladi. Bunday vaziyatda NATO ushbu mojaroga aralashishini kutish kerak.Aksariyat ekspertlar xulosasiga koʻra, Rossiya va NATO ishtirokida keng koʻlamli urush boʻlish ehtimoli katta emas, lekin NATOdagi engqiziqqonlar ham bunday avantyura barcha uchun yomon tugashini yaxshi bilishadi.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210203/Ukraina-mukholifati-Zelenskiyga-impichment-zharanini-boshlamochi-15925240.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20200729/Polsha-va-Ukraina-Shimoliy-oim-2ga-arshi-birlashdi-14652223.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20200415/rimda-Ukraina-foydasiga-zhosuslik-ilishda-gumonlanuvchi-ikki-kishi-lga-olindi-13934956.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20201111/Chekhiya-razvedkasi-3-zhaon-urushi-khavfi-aida-ogolantirdi-15377872.html
donbass
ukraina
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/262/02/2620216_0:0:1384:1038_1920x0_80_0_0_12c8707b3db31a2bbd9ed878ca827eb2.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
donbass, urush, ukraina, aqsh
“Hammasi Donbass tufayli” - AQSH Yevropada nimalar uyushtirmoqda
Agar AQSH Ukrainaga Qrimga yoki Donbassga hujum qil desa - Kiyev oqibatlarni oʻylamasdan ana shunday qiladi ham.
TOSHKENT, 6 apr — Sputnik. Donbassda mojaro keskin tus olishi va ukrainalik siyosatchilarning tajovuzkorona bayonotlaridan soʻng, AQSH Yevropadagi qoʻshinlarini “ehtimoliy krizis” holatidan “muqarrar krizis” holatiga oʻtkazdi.
New York Times xabariga koʻra, Pentagon buni Ukraina janubi-sharqida vaziyat keskinlashuvi hamda “Moskva hududda harbiy faollikni oshirishi” munosabati bilan amalga oshirgan.
Kiyev va "qoʻgʻirchoqbozlar"
Ukraina janubi-sharqida choʻgʻi oʻchmayotgan harbiy-siyosiy mojaro yaqin orada yangi kuch bilan alanga olishi mumkin. Minsk tinchlik shartnomalariga qaramasdan Kiyev uning oʻchogʻiga oʻtin qalamoqda. DNR va LNR soʻnggi kunlarda uyushtirilayotgan provokatsiyalar, qonunbuzarliklar haqida doimiy ravishda xabar qilib kelmoqda. Ukraina harbiy kuchlari (UHK) odatda aholi punktlariga artilleriya va minomyotlardan oʻqqa tutmoqda. Tinch aholi orasida qurbonlar bor.
DNR rahbari Denis Pushilin fikriga koʻra, vaziyatni urushsiz hal qilishning iloji - deyarli yoʻq.
“Kiyev amalga oshirayotgan ishlarga qaraganda, buning etimoli juda kam. DNR va LNR muammoni siyosiy yoʻl bilan hal qilish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishlarni qilmoqda. Afsuski Kiyev mutlaq boshqa kayfiyatda.... Yolgʻon va manipulyatsiya – biz hozircha Ukraina tomonidan faqat shularni koʻrmoqdamiz. Bunday vaziyatda masalani siyosiy yoʻl bilan hal qilish imkoniyati deyarli nolga teng”, - dedi Pushilin “Rossiya 24” telekanaliga.
Kiyev tomonidan provokatsiya shamoli nafaqat Shart tomonga, balkim Gʻarbga ham esmoqda. Yaqinda Pentagon rasmiy vakili Djon Kirbi “Vashington Rossiyaning Ukraina bilan yaqin chegarasida harbiy tayyorgarlik koʻrayotganidan xabardor” ekanini maʼlum qilgan edi.
Bu borada Kreml yana takroran taʼkidlaydi: Rossiya armiyasi Ukraina hududidagi janglarda ishtirk etmagan va etayotgani yoʻq. Peskov aytishiga koʻra, Donbassdagi mojaroyu – bu Ukrainaning ichki ishidir. Shu bilan birga hech kim “UHK provokatsiyalari tufayli Ukrainada fuqaro urush kelib chiqishini” istamaydi.
"Valday" klubining tahlilchi eksperti Artem Kureyev aytishiga koʻra: Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mustaqil qaror qabul qilishga qodir emas va faqat AQSH “musiqasi ostida oʻyinga tushmoqda”.
“Agar Qrim yoki Donbassga hujum qil degan komanda boʻlsa, Kiyev Ukrainaga yetadigan zararni oʻylamasdan ana shunday qiladi ham. Ustiga ustak ayni damda Zelenskiyga ham Baydenga ham yirik muvaffaqiyat kerak. Donbass – buning uchun yaxshi joy. Gap faqat yangi tashkil qilingan respublikalar qoʻshinlarining jangga kirishga va Moskvaning ularga yordam berishga qanchalik shayligida. Vashington esa – har qanday holatda ham yutib chiqadi. Ukraina hujumi qaytarilsa – AQSH Rossiyani qoralab, unga qarshi navbatdagi sanktsiyalarni kiritadi, jumladan “Shimoliy oqim-2”ga ham.
“Oʻzlari amallaydi”
Ukraina va AQSH Rossiya qoʻshinlarining navbatdagi harakatlarini “jangga tayyorgarlik” deb olovga yonilgʻi quyishda davom etishaveradi. Bu bilan ular Vashingtondan koʻproq yordam olishga hatto AQSH qoʻshinlarini Ukrainaga kiritilishiga erishishmoqchi.
AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin ukrainalik hamkasabasi Andrey Taran bilan suhbatda “Rossiya provokatsiyalarining oshishini” ayblashdi va Pentagon Kiyev hukumatini Rossiya agressiyasidan yanada samaraliroq himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi. Vashington 2015 yilda Ukrainaga qurol yarogʻ sotib olish va harbiylarni tayyorlash uchun 2 milliard dollardan ortiq pul ajratilganini esga oldi. “Rossiya agressiyasi oshgan taqdirda AQSH Ukrainani bir oʻzini tashlab qoʻymaydi” deb vaʼda berdi.
AQSH, darhaqiqat, Rossiya bilan mojaroda Kiyevni qoʻllab quvvatlashini vaʼda berdi. Lekin bu vaʼda biroz noaniq. Ular Ukraina armiyasini mustahkamlashga, jangovar texnika yetkazib berishga tayyor. Lekin qurolli mojaro boshlansa Amerikalik harbiy mutaxassislar u yerga keladimi, harbiy qoʻshinlarchi? Bunday stsenariy amalga oshsa – bu uchinchi jahon urushi degani”, - deydi Artem Kureyev.
Ekspert Pentagon buni amalga oshirishiga ishonmaydi. Vashington ham soʻnggi 7 yil ichida Ukraina harbiy kuchlari yetarli darajada kuch yigʻib olgan deb hisoblaydi.
“Masalaning boshqa tomoni – mojaro kuchayishida ular baribir Rossiyani ayblashadi. Bu esa oʻz navbatida yanada qattiqqoʻl sanktsiyalarga olib keladi. Aslida birinchi oʻqni kim uzganini – hech kim surishtirib oʻtirmaydi. Vashington ham Bryussel ham. Chunki hammasi allaqachon hal boʻlgan. Masala – Ukraina armiyasi nimaga erishi mumkin va bunga Moskva qanday javob qaytaradi. Yevropada NATO qoʻshinlarining tayyorgarlik darajasining ortishi esa – bu Kiyev uchun belgi hamda Moskvaga oʻziga xos bosim oʻtkazishdir", - deydi ekspert.
Internetda tez-tez paydo boʻlayotgan, Qrim va Rostov viloyatida Rossiya harbiy texnikasi bir joydan ikkinchi joyga koʻchirilayotgani haqidagi videolar esa – qoʻshinlarning kundalik harakatlari bilan bogʻliq xolos.
Masalan 2 aprel dan Qora dengiz floti Qrim va Krasnodar oʻlkasida joylashgan qoʻshinlarning rejali tekshirish jarayonini boshlagan edi. Ushbu oʻquv mashgʻulotlari doirasida dengiz floti va quruqlik kuchlari, havo mudofaasi va aviatsiya himoya va hujum mashqlarini bajarishdi.
Bunday manyovrlar esa qoʻshinlarni u yerdan bu yerga koʻchirishni talab qiladi, jumladan umumiy yoʻllar orqali ham. Ushbu harakatlar aks etgan videolarni AQSH va Ukraina Rossiya harbiy faolligini oshirayotganining navbatdagi isboti deb hisoblashmoqda.
Eshik va teshik
Shu bilan bir vaqtda Vashington va Kiyev oʻz harakatlari borasida lom-mim deyishayotgani yoʻq. Xususan Yevropadan Ukrainaga ochilgan havo yoʻlagining faollashgani haqida hech qanday maʼlumot berilmagan. Ushbu yoʻl orqali harbiy transport samolyotlari bir necha kundan beri Ukrainaga qandaydir yuklar olib kelmoqda.
Agar bu birgalikda oʻtkazish rejalashtirilayotgan oʻquv-mashqlari boʻlsa ham, unda ehtimoliy raqib aniq belgilangan, bu – Rossiya. NATO Defender Europe 2021 - soʻnggi 25 yilda eng yirik boʻlishi kutilayotgan harbiy oʻquv mashqlariga tayyorlanmoqda.
Undan 20 mingdan ortiq Amerika va 17 mingga yaqin boshqa davlat harbiylari ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbir doirasida Yevropa, Boltiqboʻyi, Bolqon yarim oroli hamda Boltiq dengizi qa Qora dengizda hujum va himoya mashqlarini bajarsh rejalashtirilgan.
Ukraina ham ushbu oʻquv mashqlariga jalb qilinadi, chunki unga “NATOning kengaytirilgan imkoniyatlar berilgan hamkori” maqomi berilgan. Defender Europening Rossiyaga qarshi qaratilgani Kiyevda ham tasdiqlandi. Ukrainaning Donbass guruhi boʻyicha vakili Aleksey Arestovich aytishiga koʻra ushbu mashgʻulotlar “Rossiya bilan urushni mashq qilish uchun kerak”.
Harbiy fanlar doktori Konstantin Sivkov aytishiga koʻra, NATOning Yevropadagi mashqlari – bu qoʻshimcha kuchlarni Rossiya chegarasiga yaqinroq olib kelish uchun bahona xolos. Jangovar tayyorgarlikning “krizis muqarrar” degan maqomi ham – buni tasdiqlaydi.
Ekspert xulosasiga koʻra, AQSH va NATO, Ukraina janubi sharqida toʻla masshtabli qurolli mojaro sodir boʻlganda, Rossiyaga qarshi kurashishga tayyor boʻlgan guruh tayyorlamoqda. Oʻquv-mashqari niqobi ostida ular qurolli kuchlarini AQShdan Yevropaga koʻchirmoqda. Hozir Donbassda 600 mingga yaqin Rossiya fuqarolari bor va Konstitutsiyaga muvofiq biz ularni himoya qilishimiz kerak boʻladi. Bunday vaziyatda NATO ushbu mojaroga aralashishini kutish kerak.
Aksariyat ekspertlar xulosasiga koʻra, Rossiya va NATO ishtirokida keng koʻlamli urush boʻlish ehtimoli katta emas, lekin NATOdagi engqiziqqonlar ham bunday avantyura barcha uchun yomon tugashini yaxshi bilishadi.