Nurobod tumaniga ayol kishi prokuror etib tayinlandi

© Xokimiyat Nurabadskogo rayonaNorsuluv Soyipova
Norsuluv Soyipova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2021
Obuna bo‘lish
Norsuluv Soyipova Samarqand viloyati Nurobod tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘i bilan adliya maslahatchisi Norsuluv Soyipova Samarqand viloyati Nurobod tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
U 1979-yilda Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy – huquqshunos. 2001-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U prokuratura organlaridagi xizmat faoliyatini Samarqand tumani prokuraturasida boshlab, 2019-yildan buyon Samarqand shahar prokurorining katta yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Uralova Dilfuza naznachena xokimom Bayovutskogo rayona Sirdarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2020
Boyovut tumani hokimi lavozimiga ayol kishi tayinlandi
Soyipova Samarqandda yagona, respublikada esa tuman prokurori sifatida faoliyat kursatayotgan ikki nafar ayolning biriga aylangan.
Hozirda Nilufar Allabergenova Toshkent shahar Yakkasaroy tumani prokurori lavozimida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0