Oʻzbekiston “Innoprom”dan nimalarni kutmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLogotip "Innoprom"
Logotip Innoprom  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Sanoat haftaligida metallurgiya, farmatsevtika, infratuzilma sohalar boʻyicha shartnomalar imzolanadi.
TOSHKENT, 6 apr — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati “Innoprom” natijalari boʻyicha Rossiya kompaniyalari bilan 500 million dollardan ortiq shartnomalar imzolanishini kutmoqda, dedi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Aziz Voitov.
Dushanba kuni Toshkentda Xalqaro sanoat koʻrgazmasi ochildi, tadbir uch kun davom etadi.

"Tadbir yakunlari boʻyicha rossiyalik sheriklarimiz uchun tayyorlangan 50ta yangi loyihalar boʻyicha qiymati 500 million dollardan ortiq boʻlgan qator samarali shartnomalar imzolanishini kutmoqdamiz",

Aziz Voitov
Metallurgiya, farmatsevtika, infratuzilma sohalar boʻyicha shartnomalar imzolanadi.
Voitov bugungi kunda Oʻzbekiston va RF oʻrtasida iqtisodiyotning turli sohalarida umumiy qiymati 16 milliard dollardan oshadigan yirik investitsiya loyihalar toʻplami mavjudligini eslatdi.
RF sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari (SSV) Aleksey Gruzdevga koʻra, pandemiyaning murakkab davrida Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi mintaqaviy aloqalar yanada rivojlanishni davom etdi.
"2020 yilda hududlar chegaralarning yopilishi sababli bunday gibrid formatga oʻtib, 20 dan ortiq onlayn-biznes-missiyalarini oʻtkazdilar", - dedi SSV vakili.
"Madaniy aloqalar: bu umumiy til makon, tushunarli standartlar va geografik yaqinlik. Bularning barchasi sanoat kooperatsiyasi uchun yangi asosni yaratib, rivojlantirish kerak boʻlgan imkoniyat", - deb qoʻshimcha qildi Gruzdev.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala