“Phanes Group” Navoiy viloyatida quyosh fotoelektr stansiya quradi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishOtkritie solnechnoy elektrostansii v Lvovskoy oblasti
Otkritie solnechnoy elektrostansii v Lvovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston Energetika vazirligi va “Phanes Group” xalqaro kompaniyasi o‘rtasida Navoiy viloyatining Nurota tumani hududida quyosh elektr stansiyasini (QES) qurish to‘g‘risida investitsiya shartnomasi imzolandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Shuningdek, marosim davomida “Phanes Group” va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida bitim imzolangan.
Imzolangan hujjat 200 MVt quvvatga ega bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish, egalik qilish va ekspluatatsiya qilish uchun texnik va tijoriy shartlarni, shuningdek, 60 km uzunlikdagi 220/110 kV podstansiyasini o‘z ichiga oladi.
Solnechnaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2020
Uch viloyatda quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi
“Phanes Group” bosh ofisi BAAning Dubay shahrida joylashgan. U quyosh energiyasi, shuningdek, investitsiya va aktivlarni boshqarish sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro kompaniya hisoblanadi. Kompaniya 2012-yilda tashkil etilgan. U rivojlanayotgan bozorlarga, ayniqsa Afrika, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlariga alohida e’tibor qaratmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Aksa Enerji” turk kompaniyasi Toshkent viloyatining Qibray tumanida umumiy quvvati 470 MVt bo‘lgan ikkita issiqlik elektr stansiyasini (IES) qurishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0