Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Dunyoda

Qozogʻiston prezidenti “Sputnik V” bilan emlandi

© Sputnik / / Vladislav VodnevPrezident Kazaxstana Kasыm-Jomart Tokayev
Prezident Kazaxstana Kasыm-Jomart Tokayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Qasim-Jomart Toqayev koronavirusga qarshi Qaragʻanda zavodida ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaktsinasi bilan emlandi
TOSHKENT, 6 apr — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev koronavirusga qarshi Qaragʻanda zavodida ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaktsinasi bilan emlandi. Bu haqda uning matbuot kotibi Berik Uali xabar qildi.
“Bugun davlat rahbari “Sputnik V” vaktsinasini oldi. Emlangandan keyin uning ahvoli yaxshi. Hech qanday nojoʻya taʼsirlar yoʻq. Prezident faqat Qozogʻiston fuqarolarini emlash va jamoaviy immunitet shakllanishi koronavirus ustidan gʻalaba qozonishga, barcha cheklovlarni olib tashlashga, fuqarolarning odatiy hayoti va iqtisodiy faoliyatni tiklashni taʼminlashga imkon berishiga ishonchi komil”, - deya yozgan Uali Facebook᾽da.
Gorodskaya klinicheskaya infektsionnaya bolnitsa v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.03.2021
Dunyoda
"Birdaniga 22 qurbon": Qozogʻistonda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat ogʻirlashdi
Uning soʻzlariga koʻra, prezident Qasim-Jomart Toqayev yana bir bor fuqarolarni birinchi imkoniyat paydo boʻlishi bilan emlanishga chorlagan.
Qozogʻistonda aholini koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasi bilan emlash 1 fevraldan boshlangan. 15 fevraldan esa emlash uchun Qaragʻanda zavodida ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaktsinasidan foydalanila boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala