Sport

Shimoliy Koreya Tokio Olimpiadasida ishtirok etmaydi

© Sputnik / Yuki Ivamura / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Tokio
Goroda mira. Tokio - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Tokioda boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etmaslikka qaror qildi.
TOSHKENT, 6 apr — Sputnik. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) Tokioda boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etmaydi. Bu haqda RIA Novosti “Sports in DRP Korea” portaliga tayangan holda yozmoqda.
Xabarda yozilishicha, mamlakat Olimpiya qoʻmitasi yigʻilishida Tokiodagi Olimpiya oʻyinlarida koronavirus pandemiyasi sabab ishtirok etmaslik toʻgʻrisida qaror qilingan.
“... Sportchilarni xavfli virus (koronavirus — tahr.) sabab kelib chiqqan global sogʻliqni saqlash inqirozidan himoya qilish maqsadida XXXII-Olimpiya oʻyinlarida qatnashmaslikka qaror qilindi”, - deyilgan xabarda.
Estafeta olimpiyskogo ognya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Sport
Yaponiyada Olimpiada mashʼalasi estafetasi boshlandi
Koronavirus pandemiyasi sabab Tokio Olimpiadasi 2020 yildan 2021 yilga qoldirilgan edi. Bu yilgi oʻyinlar 23 iyuldan 8 avgustga qadar boʻlib oʻtadi. Olimpiada tashkiliy qoʻmitasi COVID-19 tarqalishi xavfi sabab Yaponiyada oʻyinlarni xorijlik tomoshabinlarsiz oʻtkazishga qaror qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala