Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Yanada koʻproq kon zahiralari: Rossiyaning “Giprotsvetmet” markazi endi Olmaliqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOtkrыtiye nauchno-obrazovatelnogo i proyektnogo tsentra AO "Giprotsvetmet" i OAO "Viogem"
Otkrыtiye nauchno-obrazovatelnogo
i proyektnogo tsentra AO Giprotsvetmet i OAO Viogem
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Olmaliq shahridagi "MISiS" filialida “Giprotsvetmet” AJning ilmiy-oʻquv va loyihalashtirish markazi ochildi.
TOSHKENT, 6 apr — Sputnik. Bugun Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq shahridagi filialida Rossiyaning “Giprotsvetmet” AJ ilmiy-oʻquv va loyihalashtirish markazining ochilishiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOtkrыtiye nauchno-obrazovatelnogo i proyektnogo tsentra AO "Giprotsvetmet" i OAO "Viogem"
Otkrыtiye nauchno-obrazovatelnogo
i proyektnogo tsentra AO Giprotsvetmet i OAO Viogem
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Otkrыtiye nauchno-obrazovatelnogo i proyektnogo tsentra AO "Giprotsvetmet" i OAO "Viogem"
Tadbirda rossiyaning yetakchi konchilik injiniringi va raqamli geologiya sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalari, Oʻzbekiston kon-metallurgiya sohasidagi korxonalarining yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.
“GIS GEOMIKS” raqamli dasturiga ixtisoslashtirilgan maxsus oʻquv-trening xonalarining ochilishi, “GIS GEOMIKS” dasturining prezentatsiyasi va Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq shahridagi filialining direktor oʻrinbosari S.R. Xudoyarov va “VIOGEM” OAJ ning bosh direktori S.S. Seriylar ishtirokida matbuot-anjumani boʻlib oʻtdi.
Logotip Innoprom  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Oʻzbekiston “Innoprom”dan nimalarni kutmoqda
Markazning oldiga qoʻyayotgan asosiy maqsadlaridan biri bu Oʻzbekiston Respublikasining raqamli iqtisodiyotga oʻtishida raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish va konchilik sohasida raqamli texnologiyalarni keng tadbiq qilishni nazarda tutadi.
Markazda professor-oʻqituvchilar va talabalar “GIS GEOMIKS” dasturida ishlash boʻyicha koʻnikmalar olishadi, hamda kelgusida kon-metallurgiya, geologiya sohasidagi kadrlarni bu dastur bilan ishlashga oʻrgatishadi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOtkrыtiye nauchno-obrazovatelnogo i proyektnogo tsentra AO "Giprotsvetmet" i OAO "Viogem"
Otkrыtiye nauchno-obrazovatelnogo
i proyektnogo tsentra AO Giprotsvetmet i OAO Viogem
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Otkrыtiye nauchno-obrazovatelnogo i proyektnogo tsentra AO "Giprotsvetmet" i OAO "Viogem"
“GIS GEOMIKS” dasturi hozirgi kunda raqamli geologiya yoʻnalishidagi eng oxirgi dastur boʻlib, respublikaning kon zahiralari, istiqbolli zahiralar boʻyicha maʼlumotlar tezkor ravishda qayta ishlanib zahiralar maydoni va karyerlarning 3D modellarini yaratadi. Natijada konchilik ishlarini rejalashtirishda katta samaradorlikka erishish imkoniyati yaratiladi va ishlab chiqarish surʼatlari bir necha baravariga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala