Kolumnistlar

Boshqaruvni bizga bering: Yevropa yetakchilari "umumjahon hukumati"ga oshiqmoqda

© AFP 2018 / DANIEL LEAL-OLIVASFlagi Velikobritanii i YES
Flagi Velikobritanii i YES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2021
Yevropa davlatlari rahbarlari pandemiya bilan bogʻliq vaziyat tufayli "umumjahon hukumati" tashkil qilib u yerdan oʻzlariga joy egallab olishmoqda.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Germaniya kantsleri Angela Merkel va “Roshildlar tayinlagan prezident” Emmanuel Makron, JSST bosh direktori hamda yana bir necha asosan Yevropa davlatlari rahbarlarining qoʻshma bayonoti alohida eʼtiborga molik.
Ular aytishiga koʻra, milliy hukumatlar pandemiyaga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozona olmagan shu sababli insoniyat imkon qadar tezroq umumjahon hukumati boshqaruvi ostiga oʻtishi kerak. Ular aftidan ushbu hukumatdan oʻzlariga “issiq joy”larni egallashni boshlagan koʻrinadi.
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Kolumnistlar
“Rossiyani jazolash”. Lavrov Rossiya-YEI munosabatlari haqida
Rasman gap faqat “pandemiyaga qarshi kurash shartnomasi” haqida ketmoqda, lekin shartnoma atrofidagi gaplar uning mualliflarining ambitsiyalari juda yuqori ekanini koʻrsatmoqda. Pandemiyani ular 1940 yildan soʻng insoniyat duch kelgan eng katta chaqiriq deb atashmoqda va oʻzlari taklif qilayotgan shartnomani 1945 yilda imzolangan “Yalta shartnomasi” bilan tenglashtirishmoqda.
Sof insoniy nuqtai nazardan ushbu tashabbusni tushunsa boʻladi. Djonson, Merkel va Makron – anʼanaviy “choʻloq oʻrdaklar”. Merkel dekabrda siyosiy sahnani tark etadi. Yaqin kelajakda kutilayotgan saylovlarda Makronning ham taqdiri juda mavhum. Angliyaliklar ham Jonsonni bu lavozimda uzoq koʻrishni istamaydi. Lekin ularning oʻzlari hukumat boshida uzoqroq qolishni istaydi.
Xoʻsh, ushbu “urib tushirilgan uchuvchilar” nimalar taklif qilishi mumkin? Oʻz boshqaruv tajribalarinimi? Lekin oʻz davlatlari misolida ular bu vazifani juda yomon bajardi deyish mumkin. Birin ketin kirtilgan lokdaunlar koʻplab kichik bizneslar yopilishiga, turizmning mutlaq yoʻq boʻlishiga olib keldi. Obama aytganidek Yevropa iqtisodi “tilka-pora qilindi”.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Kolumnistlar
Koronavirus va Rossiya bilan kurashda YEI laycha rolini oʻynamoqda
Vaktsinatsiya jarayoni esa, uzuluksiz mojaroga aylandi. Bezovtalik koʻpligidan Yevropa aholisi tez tez norozilik namoyishlariga chiqmoqda. Tartibsizliklar, politsiyaga hujum odatiy holga aylangan. Bunga javoban hukumat ularni yanada qattiqroqsiquvga olmoqda. Ulkan jarimalar, kovid pasportlari va boshqa cheklovlar kirtmoqda. Oʻz aholisi hayotini xavf ostiga qoʻyib ishonchsiz vaktsina bilan emlanishga majbur qilmoqda. Eng xavfsiz vaktsina deb topilgan “Sputnik V”ga esa haligacha sertifikat berilgani yoʻq.
Shu bilan bir vaqtda “rivojlanayotgan” deb nom olgan mamlakatlar rus vaktsinasi yordamida koronavirusni muvaffaqiyatli yengib oʻz iqtisodini ildam rivojlantirmoqda.
Butun oʻtgan yil Yevropa rahbarlari uchun uzuluksiz muvaffaqiyatsizliklardan iborat boʻldi. Tinchgina oʻrindiqni boʻshatib qoʻyish oʻrniga ular oʻzlarini jahon hukumati deb eʼlon qilishmoqchi. Konspirologiya nazariyasi tarafdorlari bizni bu haqida ogohlantirishgan edi, lekin bunchalik bemaʼni boʻlishini bilmagan edik.
Jahon hukumatiga daʼvogarlar oʻz mamlakatlari inqirozga uchragani va bu Ikkinchi jahon urushidan keyin eng ogʻir vaziyat boʻlgani haqida magʻrurlik bilan bayonot bermoqda. Lekin ushbu inqiroz aslida ularning oʻz qoʻllari bilan tashkil qilingan edi. Koronavirusing bir oʻzi buning uddasidan chiqa olmagan boʻlardi. Oqibatda aholi daromadsiz, kelajakka umidsiz va faqathukumatdan biror yordam puliga ishonib qoldi.
Oʻtgan yil davomida ular oʻz aholisiga qarshi deyarli urush ochdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Millionlab kishilar qashshoqlik yoqasiga kelib qoldi. Lekin shunga qaramay ular ushbu vaziyatni oʻz foydasiga hal qilishga yangi “Yalta shartnomasi” imzolashga haq beradi degan qarorga kelishdi.
Lavrov nazval situatsiyu s Navalnыm instsenirovkoy so storonы Zapada - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.02.2021
Dunyoda
Tinchlik istasang - urushga tayyor boʻl: Rossiya YEI bilan aloqalarni uzishga tayyor - Lavrov
Ularning xulosasiga koʻra, Yevropa davlatlari koronavirusga qarshi muvvafaqiyatli urush olib borigan va endi ular dunyoni oʻzlari xoxlagandek boʻlib olishlari mumkin. BMT hech narsaga yaramaydi.
Yangi tashkil qilinayotgan “jahon hukumat”ining aosisy hususiyati shunda-ki, unga hech kim hechkimni tanlamaydi. The Week jurnalida yozilishiga koʻra, dunyoga bir kishi rahbar etib tayinlanadi va u "imperator" deb ataladi.
Balkim yagona imperator oʻrniga biror “politbyuro” tashkil qilinar? Lekin Bryusselda bizning fikrimizga baribir quloq tutmasliklari aniq. Hammasi juda oddiy – allaqanday “obroʻli” kishilar bir joyga toʻplanishadi va kerakli odamni kerakli joyga tayinlashadi tamom. Demokratiya, saylovlar deysizmi? – Yoʻq bizlar bu haqida eshitmaganmiz.
Boʻlajak “jahon hukumati” rahbarlari, taʼlumki bizga oʻz rejalari haqida lom-mim deyishmaydi. Ular faqat endi pandemiyalar birin ketin davom etaveradi deb eʼlon qilishdi xolos. Vaktsinalash va kovid-pasportlari tartibi doimiy biz bilan boʻladi.
“Buyuk qayta yuklash” majlisidan maʼlum boʻlishicha, Yevropa oʻz aholisiga qarshi “urushni” davom ettiradi. Sanoat va ishlab chiqarish toʻliq yopilishi rejalashtirilmoqda. Bu Yevropa xalqlariga kambagʻallik va ishsizlik oib keladi. Ruhiy ozuqa sifatida faqat transgenderlar va LGBT qoladi. Nasroniy cherkovlarini – zararli viruslar va gʻoyalar tarqatuvchi sifatida yopib qoʻyishadi.
Politolog Yuriy Svetov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2020
Analitika
Svetov: pandemiyadan keyin YEI mamlakatlari oʻrtasidagi munosabat qayta koʻrib chiqiladi
Ha, ushbu “jahon hukumati”oʻtish qanday amalga oshiriladi, 8 milliard aholini kim va qanday boshqaradi – bu savollarga hozircha javob berilmagan. Shuningdek “jahon hukumatida” kim kuch ishlatish tizimi boʻladi yoki majburiy ijro organ vazifasini bajaradi, kim oʻrmonlarni partizanlardan tozalaydi kaba masalalar ham ochiqligicha qolmoqda. Balkim sobiq BMT tinchlikprvar kuchlari? Yoki Germaniya Frantsiyaning qoʻshma armiyasimi? Javob yoʻq.
Yana bir qiziq jihati, ushbu hujjatda na AQSH, na Xitoy, na Rossiya yoki Hindiston, Braziliya, Meksika, Kanada va Yaponiya ham yoʻq. Xullas u yerda BMT aʼzolaridan 170ta davlat yoʻq.
Lekin hujjatni JSST bosh direktori doktor Tedros Adanom Gebreisus darhol imzolagan. Bu yerda hayron qolish kerak emas, JSST boshidan shu maqsadda yaratilgan edi. JSST yaratuvchisi Brok Chisxolm boshidan “jahon hukumati” gʻoyasi tashabbuskori va fanati edi. Uning gʻoyalari amalga oshishi uchun salkam 100 yil kerak boʻldi xolos.
Lekin boʻlajak dunyo hukumati aʼzolari orasida Fidji, Albaniya, Trinidad va Tobago kabi “yirik siyosiy kuchga” ega boʻlgan davlatlar va hatto Ukraina ham bor.
Balkim bularning hammasi Ukrainani Yevropaga qoʻshib olish uchun qilinayotgandir? Axir qashshoqlashib qolgan Yevropa uchun Ukraina yomon koloniya emas. U yerda qora tuproqli unumdor yerlar, bogʻlar va arzon ishchi kuchi bor. Lekin bu hududni qoʻl ostida ushlab turish ham oson emas.
Yetti yil oldin soddadil ukrainaliklarni “YEIga aʼzolik” nomli shirin sabzi bilan aldashgan edi. Ushbu arzimas gʻoya tufayli oʻziga toʻq davlat iqtisodi eng qoloq davlatlar darajasiga kelib qoldi.
Yillar oʻtishi bilan ukrainaliklarda “YEIga qoʻshilish” orzusiga ishonch yoʻqola boshladi. Ularning aksariyati Rossiyada ish qidira boshladi. “Shimoliy oqim – 2” qurib bitkazilishi arafasida “orzu” mutlaq chipakka chiqdi.
Ana shunday vaziyatda Ukrainani yana “jahon hukumatiga” taklif qilishdi. Rossiyani chaqirishgani yoʻq, lekin Ukraina – xush kelibsiz. Mana buni yangi katta shirin sabzi desa boʻladi. Uning ortidan quvib yana 10 yilni oʻtkazish mumkin. Ushbu vaqt davomida yevropaliklar ular uchun yana biror narsa oʻylab topadi...
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala