Boshqaruvni bizga bering: Yevropa yetakchilari "umumjahon hukumati"ga oshiqmoqda

© AFP 2023 / DANIEL LEAL-OLIVASFlagi Velikobritanii i YeS
Flagi Velikobritanii i YeS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2021
Obuna bo‘lish
Yevropa davlatlari rahbarlari pandemiya bilan bog‘liq vaziyat tufayli "umumjahon hukumati" tashkil qilib u yerdan o‘zlariga joy egallab olishmoqda.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Germaniya kansleri Angela Merkel va “Roshildlar tayinlagan prezident” Emmanuel Makron, JSST bosh direktori hamda yana bir necha asosan Yevropa davlatlari rahbarlarining qo‘shma bayonoti alohida e’tiborga molik.
Ular aytishiga ko‘ra, milliy hukumatlar pandemiyaga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozona olmagan shu sababli insoniyat imkon qadar tezroq umumjahon hukumati boshqaruvi ostiga o‘tishi kerak. Ular aftidan ushbu hukumatdan o‘zlariga “issiq joy”larni egallashni boshlagan ko‘rinadi.
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
“Rossiyani jazolash”. Lavrov Rossiya-YeI munosabatlari haqida
Rasman gap faqat “pandemiyaga qarshi kurash shartnomasi” haqida ketmoqda, lekin shartnoma atrofidagi gaplar uning mualliflarining ambitsiyalari juda yuqori ekanini ko‘rsatmoqda. Pandemiyani ular 1940-yildan so‘ng insoniyat duch kelgan eng katta chaqiriq deb atashmoqda va o‘zlari taklif qilayotgan shartnomani 1945-yilda imzolangan “Yalta shartnomasi” bilan tenglashtirishmoqda.
Sof insoniy nuqtayi nazardan ushbu tashabbusni tushunsa bo‘ladi. Djonson, Merkel va Makron – an’anaviy “cho‘loq o‘rdaklar”. Merkel dekabrda siyosiy sahnani tark etadi. Yaqin kelajakda kutilayotgan saylovlarda Makronning ham taqdiri juda mavhum. Angliyaliklar ham Jonsonni bu lavozimda uzoq ko‘rishni istamaydi. Lekin ularning o‘zlari hukumat boshida uzoqroq qolishni istaydi.
Xo‘sh, ushbu “urib tushirilgan uchuvchilar” nimalar taklif qilishi mumkin? O‘z boshqaruv tajribalarinimi? Lekin o‘z davlatlari misolida ular bu vazifani juda yomon bajardi deyish mumkin. Birin ketin kirtilgan lokdaunlar ko‘plab kichik bizneslar yopilishiga, turizmning mutlaq yo‘q bo‘lishiga olib keldi. Obama aytganidek Yevropa iqtisodi “tilka-pora qilindi”.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Koronavirus va Rossiya bilan kurashda YeI laycha rolini o‘ynamoqda
Vaksinatsiya jarayoni esa, uzuluksiz mojaroga aylandi. Bezovtalik ko‘pligidan Yevropa aholisi tez tez norozilik namoyishlariga chiqmoqda. Tartibsizliklar, politsiyaga hujum odatiy holga aylangan. Bunga javoban hukumat ularni yanada qattiqroqsiquvga olmoqda. Ulkan jarimalar, kovid pasportlari va boshqa cheklovlar kirtmoqda. O‘z aholisi hayotini xavf ostiga qo‘yib ishonchsiz vaksina bilan emlanishga majbur qilmoqda. Eng xavfsiz vaksina deb topilgan “Sputnik V”ga esa haligacha sertifikat berilgani yo‘q.
Shu bilan bir vaqtda “rivojlanayotgan” deb nom olgan mamlakatlar rus vaksinasi yordamida koronavirusni muvaffaqiyatli yengib o‘z iqtisodini ildam rivojlantirmoqda.
Butun o‘tgan yil Yevropa rahbarlari uchun uzuluksiz muvaffaqiyatsizliklardan iborat bo‘ldi. Tinchgina o‘rindiqni bo‘shatib qo‘yish o‘rniga ular o‘zlarini jahon hukumati deb e’lon qilishmoqchi. Konspirologiya nazariyasi tarafdorlari bizni bu haqida ogohlantirishgan edi, lekin bunchalik bema’ni bo‘lishini bilmagan edik.
Jahon hukumatiga da’vogarlar o‘z mamlakatlari inqirozga uchragani va bu Ikkinchi jahon urushidan keyin eng og‘ir vaziyat bo‘lgani haqida mag‘rurlik bilan bayonot bermoqda. Lekin ushbu inqiroz aslida ularning o‘z qo‘llari bilan tashkil qilingan edi. Koronavirusing bir o‘zi buning uddasidan chiqa olmagan bo‘lardi. Oqibatda aholi daromadsiz, kelajakka umidsiz va faqathukumatdan biror yordam puliga ishonib qoldi.
O‘tgan yil davomida ular o‘z aholisiga qarshi deyarli urush ochdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Millionlab kishilar qashshoqlik yoqasiga kelib qoldi. Lekin shunga qaramay ular ushbu vaziyatni o‘z foydasiga hal qilishga yangi “Yalta shartnomasi” imzolashga haq beradi degan qarorga kelishdi.
Lavrov nazval situatsiyu s Navalnim inssenirovkoy so storoni Zapada - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2021
Tinchlik istasang - urushga tayyor bo‘l: Rossiya YeI bilan aloqalarni uzishga tayyor - Lavrov
Ularning xulosasiga ko‘ra, Yevropa davlatlari koronavirusga qarshi muvvafaqiyatli urush olib borigan va endi ular dunyoni o‘zlari xoxlagandek bo‘lib olishlari mumkin. BMT hech narsaga yaramaydi.
Yangi tashkil qilinayotgan “jahon hukumat”ining aosisy hususiyati shunda-ki, unga hech kim hechkimni tanlamaydi. The Week jurnalida yozilishiga ko‘ra, dunyoga bir kishi rahbar etib tayinlanadi va u "imperator" deb ataladi.
Balkim yagona imperator o‘rniga biror “politburo” tashkil qilinar? Lekin Brusselda bizning fikrimizga baribir quloq tutmasliklari aniq. Hammasi juda oddiy – allaqanday “obro‘li” kishilar bir joyga to‘planishadi va kerakli odamni kerakli joyga tayinlashadi tamom. Demokratiya, saylovlar deysizmi? – Yo‘q bizlar bu haqida eshitmaganmiz.
Bo‘lajak “jahon hukumati” rahbarlari, ta’lumki bizga o‘z rejalari haqida lom-mim deyishmaydi. Ular faqat endi pandemiyalar birin ketin davom etaveradi deb e’lon qilishdi xolos. Vaksinalash va kovid-pasportlari tartibi doimiy biz bilan bo‘ladi.
“Buyuk qayta yuklash” majlisidan ma’lum bo‘lishicha, Yevropa o‘z aholisiga qarshi “urushni” davom ettiradi. Sanoat va ishlab chiqarish to‘liq yopilishi rejalashtirilmoqda. Bu Yevropa xalqlariga kambag‘allik va ishsizlik oib keladi. Ruhiy ozuqa sifatida faqat transgenderlar va LGBT qoladi. Nasroniy cherkovlarini – zararli viruslar va g‘oyalar tarqatuvchi sifatida yopib qo‘yishadi.
Politolog Yuriy Svetov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2020
Svetov: pandemiyadan keyin YeI mamlakatlari o‘rtasidagi munosabat qayta ko‘rib chiqiladi
Ha, ushbu “jahon hukumati”o‘tish qanday amalga oshiriladi, 8 milliard aholini kim va qanday boshqaradi – bu savollarga hozircha javob berilmagan. Shuningdek “jahon hukumatida” kim kuch ishlatish tizimi bo‘ladi yoki majburiy ijro organ vazifasini bajaradi, kim o‘rmonlarni partizanlardan tozalaydi kaba masalalar ham ochiqligicha qolmoqda. Balkim sobiq BMT tinchlikprvar kuchlari? Yoki Germaniya Fransiyaning qo‘shma armiyasimi? Javob yo‘q.
Yana bir qiziq jihati, ushbu hujjatda na AQSh, na Xitoy, na Rossiya yoki Hindiston, Braziliya, Meksika, Kanada va Yaponiya ham yo‘q. Xullas u yerda BMT a’zolaridan 170ta davlat yo‘q.
Lekin hujjatni JSST bosh direktori doktor Tedros Adanom Gebreisus darhol imzolagan. Bu yerda hayron qolish kerak emas, JSST boshidan shu maqsadda yaratilgan edi. JSST yaratuvchisi Brok Chisxolm boshidan “jahon hukumati” g‘oyasi tashabbuskori va fanati edi. Uning g‘oyalari amalga oshishi uchun salkam 100-yil kerak bo‘ldi xolos.
Lekin bo‘lajak dunyo hukumati a’zolari orasida Fidji, Albaniya, Trinidad va Tobago kabi “yirik siyosiy kuchga” ega bo‘lgan davlatlar va hatto Ukraina ham bor.
Balkim bularning hammasi Ukrainani Yevropaga qo‘shib olish uchun qilinayotgandir? Axir qashshoqlashib qolgan Yevropa uchun Ukraina yomon koloniya emas. U yerda qora tuproqli unumdor yerlar, bog‘lar va arzon ishchi kuchi bor. Lekin bu hududni qo‘l ostida ushlab turish ham oson emas.
Yetti yil oldin soddadil ukrainaliklarni “YeIga a’zolik” nomli shirin sabzi bilan aldashgan edi. Ushbu arzimas g‘oya tufayli o‘ziga to‘q davlat iqtisodi eng qoloq davlatlar darajasiga kelib qoldi.
Yillar o‘tishi bilan ukrainaliklarda “YeIga qo‘shilish” orzusiga ishonch yo‘qola boshladi. Ularning aksariyati Rossiyada ish qidira boshladi. “Shimoliy oqim – 2” qurib bitkazilishi arafasida “orzu” mutlaq chipakka chiqdi.
Ana shunday vaziyatda Ukrainani yana “jahon hukumatiga” taklif qilishdi. Rossiyani chaqirishgani yo‘q, lekin Ukraina – xush kelibsiz. Mana buni yangi katta shirin sabzi desa bo‘ladi. Uning ortidan quvib yana 10-yilni o‘tkazish mumkin. Ushbu vaqt davomida yevropaliklar ular uchun yana biror narsa o‘ylab topadi...
Yangiliklar lentasi
0