Nurobodda qo‘ylar suruvi nega hokimlik binosi oldiga haydab kelingani oydinlashdi

© AFP / DPA / KARL-JOSEF HILDENBRANDStado oves v gorax
Stado oves v gorax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2021
Obuna bo‘lish
Nurobod tumani hokimligi binosi oldiga qo‘ylar suruvi haydab kelingani aytilgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Samarqand viloyati Nurobod tumanida cho‘ponlar yaylov yo‘qligidan qo‘ylarni hokimlik binosi oldiga to‘plagani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Xabarda yozilishicha, holat 2021-yil 6-aprel kuni soat 16:00 larda sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, ilgari respublika Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan “SP LUXE” MChJ qo‘shma korxonasiga 197, 2 ming gektar yaylov yer maydoni ajratilgan.
Ta’kidlanishicha, klaster “SP LUXE” MChJ va Qorako‘lcha massivida faoliyat ko‘rsatayotgan “Sohibkor Hojiakbar” fermer xo‘jaligi o‘rtasida 49-yilga 834 gektar yaylov yer maydonini ijaraga olish bo‘yicha shartnoma tuzilgan.
Unda 1450 bosh mayda shoxli mollarni boqish ko‘rsatilgan. Ammo u yerda fermer xo‘jaligi rahbari 4 mingdan ziyod chorva mollarini boqqan. Bu esa “Qilichli” mahallasi fuqarolarining noroziligiga sabab bo‘lgan. Keyin mahalliy aholi klasterning 1450 bosh qo‘ylarini tuman markaziga haydab kelgan.
Shundan so‘ng, tuman hokimi, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i boshchiligida “SP LUXE” MChJ qo‘shma korxonasi ish boshqaruvchisi hamda fuqarolar bilan yig‘ilish o‘tkazilgan. MChJ rahbari “Sohibkor Hojiakbar” fermer xo‘jaligi o‘rtasida tuzilgan shartnomani bekor qilinishi mutassaddilar nazoratiga olingan.
“Yuqoridagi kabi holatlar takrorlanmasligi maqsadida aholining chorva mollari uchun ayni vaqtlarda yuqoridagi Klaster korxonalari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlariga mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etgan holda, birinchi navbatda qishloq aholisi chorva mollari uchun ajratilishi bo‘yicha kelishib olindi”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0