Iqtisod

Oʻzbekiston YEOIIga oziq-ovqat taʼminoti masalasida qanday koʻmak berishi mumkin

© PixabayFruktы na rыnke
Fruktы na rыnke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2021
YEOII davlatlari 2021 yilda oʻzlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari va oziq-ovqat bilan 97 foizdan ortiqroqqa taʼminlay olishadi.
TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. YEOIIga aʼzo davlatlari 2021 yilda oʻzlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari va oziq-ovqat bilan 97 foizdan ortiqroqqa taʼminlay olishadi. Bu haqda YEOII (YEIK) Sanoat va agrosanoat majmuasi hayʼati aʼzosi (vazir) Artak Kamalyan Oʻzbekiston parlamenti va hukumati "Narodnoye Slovo" gazetasiga bergan intervyusida aytdi.
"Prognozlarimizga koʻra, 2021 yilda deyarli barcha oziq-ovqat mahsulotlari (YEOIIda. - tahr.) oʻzini oʻzi taʼminlash darajasi 97 foizdan oshishi kutilmoqda", - dedi Kamalyan.
Flagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Iqtisod
YEOII: 2025 yilgacha strategiya rejasi tasdiqlandi
Bugungi kunda, ittifoq hududida ushbu daraja 93,1 foizni tashkil etadi.
YEIK vakilining taʼkidlashicha, YEOII davlatlari don, shakar, oʻsimlik moyi, qoʻy goʻshti, tuxum va kartoshka kabi mahsulotlar ishlab chiqarish orqali oʻzlarini toʻliq taʼminlaydi.
"Istisno mevalar, ular 43 foizni tashkil qiladi, katta hajmlarda import qilinadi, shu jumladan, Oʻzbekistondan ham meva mahsulotlar profitsiti har yili bir million tonnani tashkil qiladi", - dedi Kamalyan.
YEOII barqaror oziq-ovqat tizimlarini yaratish va fors-major holatlarida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha turli mexanizmlar ustida ishlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala