Rossiya banki O‘zbekistonda GESlar qurilishini moliyalashtiradi

© Uzbekgidroenergo"Roseksimbank" i "Uzbekgidroenergo" podpisali soglashenie
Roseksimbank i Uzbekgidroenergo podpisali soglashenie  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2021
Obuna bo‘lish
Roseksimbank O‘zbekistonda bir necha kichik GESlar qurish uchun mablag‘ ajratdi. Shartnomaning umumiy qiymati 340 mln. dollarni tashkil qildi.
TOShKENT, 7 apr - Sputnik. Rossiyaning “Roseksimbank” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Toshkent va Namangan viloyatlarida kichik GESlar qurilishini moliyalashtirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Pskem darosida 140 MVt quvvatga ega “Mullalak” GESini, Namangan viloyatidagi katta Andijon kanalida quvvati 51 MVt bo‘lgan kichik GESlar kaskadi, ya’ni Kugay-1, Kugay-2, Beshqo‘rg‘on-1 va Beshqo‘rg‘on-2 kichik GESlarni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi, - deyilgan xabarda.
Kredit shartnomasining umumiy qiymati 340 mln. dollarni tashkil qiladi.
Ikki tomonlama bo‘lib o‘tgan uchrushuvda Rossiya Federatsiyasining “Roseksimbank” AJ Boshqaruvi raisi Azer Talibov hamda Jamiyat Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar borasida o‘zaro fikr almashdilar.
Eslatib o‘tamiz, 5-7 aprel kunlari Toshkentda Rossiya va O‘zbekiston tomonidan tashkil qilingan "Innoprom 2021" xalqaro sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning 20dan ortiq mamlakatidan kelgan 300ga yaqin korxonalar taqdim etilgan. Ko‘rgazmaning ilk kunidan boshlab O‘zbekiston va Rossiya kompaniyalari orasida qator shartnomalar imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0