https://oz.sputniknews-uz.com/20210407/rossiyada-migrantlar-18211126.html
Rossiyada migrantlar uchun 3ta asosiy maqom joriy etiladi
Rossiyada migrantlar uchun 3ta asosiy maqom joriy etiladi
Rossiyada migrantlar uchun 3ta asosiy mamlakatda boʻlish maqomi paydo boʻladi. 07.04.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-04-07T20:58+0500
2021-04-07T20:58+0500
2021-04-07T21:08+0500
migratsiya
migrantlar
toshkent
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/394/28/3942809_931:844:3072:2048_1920x0_80_0_0_57b030aae26598f2240b2bbebbc38fd3.jpg
TOSHKENT, 7 apr — Sputnik, Mariya Naumenko. Rossiyada migrantlar uchun 3ta asosiy mamlakatda boʻlish maqomi paydo boʻladi. Bunday choralar yangi "Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirish (chiqish) va mamlakatda boʻlish (yashash) shartlari toʻgʻrisida"gi qonun loyihasida nazarda tutilgan.Hozirgi vaqtda Rossiyadagi chet el fuqarolari uchta huquqiy maqomga ega: Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha boʻlganlar, vaqtincha yashayotganlar va doimiy yashayotganlar.Vazirlik aniqlik kiritishicha, mamlakatda qisqa muddat boʻlish yil davomida Rossiyada jami 90 sutkadan ortiq boʻlmagan vaqtni tashkil etadi (hozir 180 sutka ichida 90 kun). Uzoq muddatli mamlakatda boʻlish rejimi – bu 90 sutkadan ortiq vaqt davomida Rossiya Federatsiyasida qonuniy ravishda boʻlgan chet elliklar uchun yagona migratsiya rejimi."Agar Rossiya Federatsiyasida boʻlish shartlari oʻzgarsa yoki unga ruxsat berilgan holatlar mavjud boʻlmay qolsa, chet el fuqarosining mamlakatda boʻlish uchun ruxsat berilgan muddat uzaytiriladi yoki qisqaradi", - deb qoʻshimcha qilindi vazirlikda.Migrantlarning farzandlari, agar ota-onalari Rossiyada ishlasa, uzoq muddatli yashash uchun ruxsatnoma olishlari mumkin.Bundan tashqari, endi chet elliklar Rossiya fuqaroligini olish uchun yashash guvohnomasini olishlari kerak. Oʻz navbatida, yashash guvohnomasi kvota doirasida olingan vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi mavjud boʻlganda beriladi. Yangi qonun kuchga kirgach, doimiy yashash asosiy migratsiya maqomiga aylanadi va kelgusida chet elliklarga Rossiya fuqaroligini olish uchun davogarlik qilish imkoniyatini beradi.IIV maʼlumotlariga koʻra, 2021 yil yanvar-fevral oylarida 1 million 84 ming fuqaro migratsiya hisobiga olingan, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar kam.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210330/migrantlar-18044652.html
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/394/28/3942809_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_0346ec44761a46a891a3ea046d0b02b6.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
migrantlar, toshkent, oʻzbekiston
Rossiyada migrantlar uchun 3ta asosiy maqom joriy etiladi
20:58 07.04.2021 (yangilandi: 21:08 07.04.2021) Rossiyada migrantlar uchun 3ta asosiy mamlakatda boʻlish maqomi paydo boʻladi.
TOSHKENT, 7 apr — Sputnik, Mariya Naumenko. Rossiyada migrantlar uchun 3ta asosiy mamlakatda boʻlish maqomi paydo boʻladi. Bunday choralar yangi "Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirish (chiqish) va mamlakatda boʻlish (yashash) shartlari toʻgʻrisida"gi qonun loyihasida nazarda tutilgan.
“Uchta asosiy migratsiya maqomi joriy etilmoqda: mamlakatda qisqa muddat boʻlish (90 sutkagacha), uzoq muddat boʻlish va doimiy yashash, uning doirasida chet el fuqarolari Rossiya Federatsiyasi hududida qonuniy ravishda yashashlari mumkin", - deb javob berishdi Rossiya IIV Sputnik Oʻzbekiston soʻroviga.
Hozirgi vaqtda Rossiyadagi chet el fuqarolari uchta huquqiy maqomga ega: Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha boʻlganlar, vaqtincha yashayotganlar va doimiy yashayotganlar.
Vazirlik aniqlik kiritishicha, mamlakatda qisqa muddat boʻlish yil davomida Rossiyada jami 90 sutkadan ortiq boʻlmagan vaqtni tashkil etadi (hozir 180 sutka ichida 90 kun). Uzoq muddatli mamlakatda boʻlish rejimi – bu 90 sutkadan ortiq vaqt davomida Rossiya Federatsiyasida qonuniy ravishda boʻlgan chet elliklar uchun yagona migratsiya rejimi.
"Agar Rossiya Federatsiyasida boʻlish shartlari oʻzgarsa yoki unga ruxsat berilgan holatlar mavjud boʻlmay qolsa, chet el fuqarosining mamlakatda boʻlish uchun ruxsat berilgan muddat uzaytiriladi yoki qisqaradi", - deb qoʻshimcha qilindi vazirlikda.
Migrantlarning farzandlari, agar ota-onalari Rossiyada ishlasa, uzoq muddatli yashash uchun ruxsatnoma olishlari mumkin.
Bundan tashqari, endi chet elliklar Rossiya fuqaroligini olish uchun yashash guvohnomasini olishlari kerak. Oʻz navbatida, yashash guvohnomasi kvota doirasida olingan vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi mavjud boʻlganda beriladi. Yangi qonun kuchga kirgach, doimiy yashash asosiy migratsiya maqomiga aylanadi va kelgusida chet elliklarga Rossiya fuqaroligini olish uchun davogarlik qilish imkoniyatini beradi.
IIV maʼlumotlariga koʻra, 2021 yil yanvar-fevral oylarida 1 million 84 ming fuqaro migratsiya hisobiga olingan, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar kam.