Madaniyat

Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi tashkil etildi

© Sputnik / /Anton KurilkinMedrese v Buxare
Medrese v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2021
Davlat muzeylari, muzey qoʻriqxonalar va uy muzeylari, moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼyektlari va “Moziydan sado” jurnalini yuritish ushbu agentlikka oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi negizida Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi tashkil etildi.
Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat muzeylari, muzey qoʻriqxonalar va uy muzeylari, moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼyektlari va “Moziydan sado” jurnalini yuritish Madaniy meros agentligiga oʻtkaziladi.
Ichan-Kala vecherom. Xiva, Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2021
Turizm va sport vazirligi tashkil etildi
Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼyektlarini asrashga doir ishlarni amalga oshirish boʻyicha Madaniy meros agentligi buyurtmachi hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Turizm va sport vazirligi tashkil etilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala