Jamiyat

Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi faoliyati tugatiladi

© Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi faoliyati tugatiladi
Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi faoliyati tugatiladi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2021
TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi faoliyati tugatiladi. Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar qildi.
Taʼkidlanishicha, PQ-4375-sonli qarorning 6-bandi talablariga koʻra Mudofaa vazirligi harbiy-yuridik yoʻnalishdagi Urganch akademik litseyi faoliyatini toʻxtatish belgilangan. Bundan tashqari, uning binolarini 2019/2020 oʻquv yili yakunlagandan soʻng Xorazm hokimligiga topshirish koʻzda tutilgan.
“Yuqoridagi qarorga asosan, 2021 yilda litsey oʻquvchilarining taʼlim jarayoni tugaganidan soʻng, Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi faoliyati toʻxtatiladi”, - deyilgan xabarda.
Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi 37 yillik tarixga ega. U dastlab 1984 yilda respublika (Oʻzbekiston SSR) rus tili va jismoniy tarbiya fanlarini chuqurlashtirilgan oʻrgatishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati deya tashkil etilgan.
2007 yilda tegishli qaror bilan 450 oʻrinli Harbiy yuridik yoʻnalishdagi Urganch akademik litseyi tashkil etilgan.
Shavkat Mirziyoyev posetil shkolu Temurbeklar maktabi v Fergane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2019
Jamiyat
Yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etildi
Prezidentning 2017 yil 5 iyuldagi farmoni bilan ushbu muassasa Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademk litseyi deya nomlangan.
Hozirgi kunda litseyda 23 nafar oʻqituvchi-pedagoglar, 37 nafar ishchi-xizmatchilar va 10 nafarga yaqin xarbiy xizmatchilar jami 70 nafarga yaqin shaxsiy tarkib ish faoliyatini yuritib kelmoqda.
2019-2020 oʻquv yilida bitiruvchilar soni 150 nafar boʻlgan. Shundan 119 nafar oʻquvchi (79,33 % ) oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga qabul qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala