Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi faoliyati tugatiladi

© Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati Shkola "Temurbeklar maktabi" v Fergane.
Shkola Temurbeklar maktabi v Fergane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi faoliyati tugatiladi. Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, PQ-4375-sonli qarorning 6-bandi talablariga ko‘ra Mudofaa vazirligi harbiy-yuridik yo‘nalishdagi Urganch akademik litseyi faoliyatini to‘xtatish belgilangan. Bundan tashqari, uning binolarini 2019/2020 o‘quv yili yakunlagandan so‘ng Xorazm hokimligiga topshirish ko‘zda tutilgan.
“Yuqoridagi qarorga asosan, 2021-yilda litsey o‘quvchilarining ta’lim jarayoni tugaganidan so‘ng, Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi faoliyati to‘xtatiladi”, - deyilgan xabarda.
Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi 37-yillik tarixga ega. U dastlab 1984-yilda respublika (O‘zbekiston SSR) rus tili va jismoniy tarbiya fanlarini chuqurlashtirilgan o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati deya tashkil etilgan.
2007 yilda tegishli qaror bilan 450 o‘rinli Harbiy yuridik yo‘nalishdagi Urganch akademik litseyi tashkil etilgan.
Shavkat Mirziyoyev posetil shkolu Temurbeklar maktabi v Fergane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2019
Yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etildi
Prezidentning 2017-yil 5-iyuldagi farmoni bilan ushbu muassasa Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademk litseyi deya nomlangan.
Hozirgi kunda litseyda 23 nafar o‘qituvchi-pedagoglar, 37 nafar ishchi-xizmatchilar va 10 nafarga yaqin xarbiy xizmatchilar jami 70 nafarga yaqin shaxsiy tarkib ish faoliyatini yuritib kelmoqda.
2019-2020 o‘quv yilida bitiruvchilar soni 150 nafar bo‘lgan. Shundan 119 nafar o‘quvchi (79,33 % ) oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilingan.
Yangiliklar lentasi
0