Jamiyat

“Uzbekistan Airways” Moskvaga muntazam parvozlar tiklanganini eʼlon qildi

© Press-slujba aviakompaniiSamolet aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolet aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2021
TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. “Uzbekistan Airways” 2021 yilning aprel oyidan Toshkent-Moskva-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlar qayta tiklanishini maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, reyslar haftasiga bir marta har shanba kuni kunlari amalga oshiriladi.
Parvoz qilmoqchi boʻlganlar Rossiyaga kelishdan avval 3 kundan oshmagan holda koronavirusga PZR usulida (rus yoki ingliz tilida) test topshirishi zarur.
Mazkur reysga Oʻzbekistonning barcha fuqarolari va Oʻzbekistonda doimiy yashash huquqiga ega chet el fuqarolari kiritiladi.
Samolet Airbus A320 aviakompanii Aeroflot - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Jamiyat
“Aeroflot” yakshanba kuni birinchi Toshkent-Moskva muntazam reysini amalga oshiradi
“Uzbekistan Airways” chiptani kompaniyaning rasmiy saytida xarid qilganlarga 3% chegirma berilishini qoʻshimcha qilgan.
Eslatib oʻtamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli toʻxtatib qoʻyilgan Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi muntazam parvozlar 2021 yil 1 apreldan qayta tiklanishi maʼlum boʻlgandi. Rossiyaning "Aeroflot” aviakompaniyasi 11 aprel, yakshanba kuni Toshkentdan Moskvaga (SU1891 reysi) birinchi muntazam parvozni amalga oshiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala