“Uzbekistan Airways” Moskvaga muntazam parvozlar tiklanganini e’lon qildi

© Press-slujba aviakompaniiSamolet aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolet aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. “Uzbekistan Airways” 2021-yilning aprel oyidan Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta tiklanishini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, reyslar haftasiga bir marta har shanba kuni kunlari amalga oshiriladi.
Parvoz qilmoqchi bo‘lganlar Rossiyaga kelishdan avval 3 kundan oshmagan holda koronavirusga PZR usulida (rus yoki ingliz tilida) test topshirishi zarur.
Mazkur reysga O‘zbekistonning barcha fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashash huquqiga ega chet el fuqarolari kiritiladi.
Samolet Airbus A320 aviakompanii Aeroflot - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
“Aeroflot” yakshanba kuni birinchi Toshkent-Moskva muntazam reysini amalga oshiradi
“Uzbekistan Airways” chiptani kompaniyaning rasmiy saytida xarid qilganlarga 3% chegirma berilishini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatib qo‘yilgan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi muntazam parvozlar 2021-yil 1-apreldan qayta tiklanishi ma’lum bo‘lgandi. Rossiyaning "Aeroflot” aviakompaniyasi 11-aprel, yakshanba kuni Toshkentdan Moskvaga (SU1891 reysi) birinchi muntazam parvozni amalga oshiradi.
Yangiliklar lentasi
0