Jamiyat

Vaktsina olishdan avval qanday tayyorgarlik koʻrish va nimalarga eʼtibor berish kerak

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaktsinatsiya v Tashkente
Vaktsinatsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2021
Virusologiya ilmiy-tekshirish institutining yuqumli kasalliklar shifokori Sohiba Utegenova emlanishga oid batafsil maʼlumot berdi.
TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda 1 apreldan aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi.
SSV virusologiya ilmiy-tekshirish institutining yuqumli kasalliklar shifokori Sohiba Utegenova vaktsina olishdan avval qanday tayyorgarlik koʻrish va nimalarga eʼtibor berish toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.
Emlashning birinchi kuni: nega oʻzbekistonliklarga emlangandan soʻng darhol javob berilmayapti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Video
Emlashning birinchi kuni: nega fuqarolarga emlangandan soʻng darhol javob berilmayapti
Uning taʼkidlashicha, har bir shifokor emlanishga kelgan fuqaroni toʻliq tekshiruvdan oʻtkazishi lozim. Jumladan, qon bosimi, tana harorati, puls saturatsiyasi haqida maʼlumotga ega boʻlishlari lozim. Qolaversa, homiladorlik ehtimoli mavjud boʻlgan 18-45 yoshdagi ayollarga vaktsinadan oldin homiladorlikni test orqali aniqlash ham tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, emlanishdan oldin shifokorga qabul qilayotgan dorilari haqida aytish kerak. Vaktsina olish kunidan 72 soat oraligʻida tana harorati koʻtarilgan insonlarga vaktsina olishlariga ruxsat etilmaydi.
Hozirda ommaviy vaktsinatsiya 65 yoshdan yuqori aholi oʻrtasida amalga oshirilmoqda. Katta yoshdagi insonlarda yondosh kasalliklarining kechishi kuzatiladi. Biroq vaktsina olishga kelgan fuqaroning oʻsha kuni qon bosimi meʼyorda boʻlishi kerak. Xuddi shunday qandli diabet bilan qiynalayotgan insonlarning ham vaktsina olinadigan kuni qand miqdori normal holatda boʻlishi talab etiladi.
Trombotsitopeniya, yaʼni qon ivishiga aloqador kasalligi mavjud boʻlgan yoki antikoagulyant qabul qilayotgan bemorlar, qolaversa, autoimmun yoki immun tanqisligi bilan kasallangan, taloq organida muammolari borlar, buyrak jarrohligini boshdan oʻtkazganlar, soʻnggi 6 oy ichida jarohatlanganlarga ham vaktsina olish mumkin emas.
Sohiba Utegenova
SSV virusologiya ilmiy-tekshirish institutining yuqumli kasalliklar shifokori
Utegenova immunomodulyatorlar, glukokortikozoidlarning immunosupressiv dozasini, monoklonal antitanalar, timozin, interferon qabul qilayotganlarga ham vaktsina olishlari taqiqlanishini qoʻshimcha qilgan.
Mahalliy dori qabul qilayotganlar (mazlar, koʻz tomizgichlar, burun sprey va ingalyatorlar) bundan mustasno.
Shuningdek, allergik taʼsirga moyil insonlar bor. COVID-19ga qarshi vaktsinaning komponentlariga yuqori sezgirligi boʻlgan shaxslarga vaktsinadan foydalanish tavsiya etilmaydi. Oʻtkir yuqumli va yuqumsiz kasalliklar bilan kasallanganlarni ham vaktsina qabul qilmaydiganlar safiga kiritish mumkin.
Emlashdan soʻng sauna, hammom qabul qilish va inʼyektsiya sohasiga muolajalar oʻtkazish taqiqlanadi.
Vaktsina olgan fuqaro emlashdan soʻng dastlabki 30 daqiqa davomida shifokor kuzatuvida boʻladi. Keyin 3 kun davomida shifokor va patronaj hamshira kuzatuvida boʻladi, deya xulosa qildi mutaxassis.
Oʻzbekistonda 1-6 aprel kunlari davomida koronavirus qarshi 49 602 kishi emlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala