Rossiya

Zoom Rossiyada oʻz xizmatidan foydalanishni chekladi

© Hulkar Abdullaeva / instagramPevtsы tyurkoyazыchnыx stran ispolnili uzbekskuyu pesnyu cherez Zoom
Pevtsы tyurkoyazыchnыx stran ispolnili uzbekskuyu pesnyu cherez Zoom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2021
Jismoniy shaxslar esa ushbu videoaloqa xizmatidan foydalanishda davom etishlari mumkin, lekin yuridik shaxslar shartnomalari uzaytirilmaydi.
TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Zoom Video Communications Inc Rossiya va MDH hududida hukumat muassalari va davlat ulushi boʻlgan korxonalariga oʻz xizmatlaridan foydalanishni toʻxtatdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xabarda aytilishiga koʻra, videoxizmat kompaniyasi Rossiya va MDH hududida oʻz distribyutori "Raytkonf" kompaniyasiga hukumat organlari va davlat ulushi boʻlgan korxonalar bilan yangi shartnomalar imzolashni taʼqiqlagan.
Devushka za noutbukom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Analitika
AQSH Rossiyaga qarshi “mental urush” boshlagan - Mudofaa vazirligi
Jismoniy shaxslar esa ushbu videoaloqa xizmatidan foydalanishda davom etishlari mumkin, lekin yuridik shaxslar shartnomalari uzaytirilmaydi.
Zoom kompaniyasidan olingan qoʻshimcha maʼlumotga koʻra, yuqorida qayd etilgan toifa mijozlar uchun yangi mahsulot ishlab chiqarilishi ham mumkin.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan soʻng Zoom videoaloqa xizmati keskin ommaviylashib ketgan edi. Karantin tufayli masofaviy ishlash yoki oʻqishga oʻtgan korxonalar, maktab va oliygohlar Zoom xizmatlaridan ayniqsa faol foydalanib kelayotgan edi.
Xaker - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Rossiya
AQSH Rossiyaga koʻrinmas zarba berishni vaʼda qildi
Aytish joizki, Zoom Rossiyada davlat muassasalari bilan ishlashni toʻxtatgan yagona kompaniya emas. Oʻtgan yilning dekabr oyida Microsoft ham Bauman nomli MGTUga oʻz mahsulotlarini yetkazib berishni toʻxtatgan edi. Sabab - AQSH tomonidan Rossiyaga qarshi kiritilgan sanktsiyalar.
Telecom Daily xabariga koʻra, 2020 yilda video-konferentsiya xizmatlari bozori hajmi keskin oshgan. Rossiyada ushbu xizmatlar orasida eng ommaviy servis Zoom boʻlgan va u bozorning 25%ni egallagan. Ikkinchi oʻrinda TrueConf - 23% va undan soʻng Skype 14%.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala