O‘zbekistonda emlashdan so‘ng 71 nafar fuqaroda nojo‘ya ta’sirlar kuzatildi - tafsilotlar

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya ot COVID-19
Vaksinatsiya ot COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Obuna bo‘lish
Sanepid xizmat ma’lumotlariga muvofiq, umumiy qayd etilgan nojo‘ya ta’sirlarni 45,7%ida tana haroratining 37,5 gradusdan birmuncha oshishi kuzatilgan.
TAShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekistonda ommaviy vaksinalash boshlangan birinchi haftada 71 kishida nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgan.

"Bugungi kunga qadar qayd etilgan nojo‘ya ta’sirlar soni 71tani tashkil etdi", — deya ma’lum qildi brifing davomida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov

Sanepid xizmat ma’lumotlariga muvofiq, umumiy qayd etilgan nojo‘ya ta’sirlarni 45,7%ida tana haroratining 37,5 gradusdan birmuncha oshishi kuzatilgan. 21,2% holatda esa emlanganlar tanasida ozgina og‘riq paydo bo‘lgan, 14,1 % emlanganlar emlanganlarda emlanish joyida qichish paydo bo‘lganiga guvoh bo‘lishgan, 11,2 % holatda emlangan joyda og‘riq paydo bo‘lganligi kuzatilgan, 2,7 % holatda emlanganlar orasida asabiylashish, holsizlanish, qo‘rqish kabi belgilar kuzatilgan.
Umumiy emlanganlarning orasida birorta ham jiddiy asorat kuzatilmagan, deya alohida qayd etdi Otabekov.
Stoletniy starik privilsya ot koronavirusa v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Samarqandda 100 yoshli otaxon koronavirusga qarshi emlandi
Otabekovning ma’lum qilishicha, 2021-yilning 6-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha 49 602 nafar fuqarolar koronavirus kasalligiga qarshi emlangan. Koronavirusga qarshi emlangan aholining 29 860 nafari AstraZeneca vaksinasini qabul qilgan, 19742 nafari O‘zbekiston-xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 bilan emlangan.
Oxirgi bir kunning o‘zida O‘zbekistonda 14 216 nafar shaxs koronavirusga qarshi vaksinatsiyani birinchi bosqichini qabul qilgan.
Yangiliklar lentasi
0