Siyosat

Aziz Abduhakimov nomzodi turizm va sport vaziri lavozimiga maʼqullandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAziz Abduxakimov
Aziz Abduxakimov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Aziz Abduhakimov Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – turizm va sport vaziri lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – turizm va sport vaziri lavozimiga nomzodni koʻrib chiqdi.
Amaldagi qonun hujjatlariga binoan, Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Deputatlar ushbu lavozimga Aziz Abduhakimov nomzodini maʼqullagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil etilgani xabar qilingan edi. Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida bosh vazir oʻrinbosari – turizm va sport vaziri lavozimi kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala