Aziz Abduhakimov nomzodi turizm va sport vaziri lavozimiga ma’qullandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAziz Abduxakimov
Aziz Abduxakimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Obuna bo‘lish
Aziz Abduhakimov O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va sport vaziri lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va sport vaziri lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqdi.
Amaldagi qonun hujjatlariga binoan, Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Deputatlar ushbu lavozimga Aziz Abduhakimov nomzodini ma’qullagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil etilgani xabar qilingan edi. Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri lavozimi kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0