Jamiyat

“Buxoro” neft zavodi vaqtincha toʻxtatildi

© Press-slujba Buxarskogo NPZBuxarskiy neftepererabatыvayuщiy zavod
Buxarskiy neftepererabatыvayuщiy zavod - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
“Buxoro” neftni qayta ishlash zavodi 10 kun muddatga toʻxtatildi.
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. “Buxoro” neftni qayta ishlash zavodi 5 apreldan 10 kun muddatga toʻxtatildi, deb xabar qildi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.
Joriy taʼmirlash ishlariga Rossiyaning “XimMontajNaladka” kompaniyasi jalb qilingan boʻlib, texnologik qurilmadagi pech quvurlarini zamonaviy usullarda tozalash ishlari amalga oshiriladi.
“Umumiy naftani vodorod yordamida tozalash” texnologik qurilmasida mavjud eski turdagi katalizatorni Frantsiyaning “Axens” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “HR-608” yangi turdagi katalizatoriga almashtiriladi.
Zavodda taʼmirlash ishlarini xavfsiz olib borish boʻyicha barcha zaruriy choralar koʻrilgan, taʼmirlash ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash jadvallari ishlab chiqilgan.
Isteʼmolchilarga neft mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish yuzasidan barcha choralar koʻrilgan boʻlib, neft mahsulotlari zaxirasi yaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala