Fojiali oʻlim: Bishkekda kelin oʻgʻirlashga qarshi miting boʻlib oʻtmoqda
Fojiali oʻlim: Bishkekda kelin oʻgʻirlashga qarshi miting boʻlib oʻtmoqda
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Qirgʻiziston poytaxtida kelin oʻgʻirlash va qizlarni zoʻrlab turmushga berishga qarshi norozilik namoyishi boʻlib oʻtmoqda, deb xabar qilmoqda
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Qirgʻiziston poytaxtida kelin oʻgʻirlash va qizlarni zoʻrlab turmushga berishga qarshi norozilik namoyishi boʻlib oʻtmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.Mamlakat IIV binosi oldida yuzlab namoyishchilar toʻplangan. Ularning qoʻllarida “Jinoyat jazolanishi shart”, “Bizni oʻgʻirlashni bas qilishlari uchun necha kishimiz oʻlishi kerak” va “Ala kachuu (kelin oʻgʻirlash – Sputnik.) – bu anʼana emas” deb yozilgan plakatlar bor. “Sharmanda” deb baqirishmoqda.Namoyishchilarning bir qismi respublika ichki ishlar vaziri Ulan Niyazbekov isteʼfosi hamda huquqni himoya qilish organlari xodimlarini harakatsizlik uchun javobgarlikka tortishni talab qilmoqda.27 yoshli Ayzada Kantabekovning shov-shuvli oʻlimi miting uyushtirilishiga sabab boʻlgan. Uni 5 aprel kuni nomaʼlum shaxslar oʻgʻirlab ketgan. Qizning qarindoshlari bu ishni uning tanishi nikohga majburlash maqsadida qilgan boʻlishini mumkinligini taxmin qilishmoqda. Militsiya olib borgan ish oʻz natijasini bermagan. 7 aprel kuni Bishkek yaqinidagi dalada choʻpon gumonlanuvchining avtomobilini topgan. Mashina ichida qiz va uni oʻgʻirlagani gumon qilinayotgan shaxsning jasadi boʻlgan. IIVning xabar qilishicha, dastlabki tergov surishtiruvlariga koʻra, erkak dahanaki jangdan soʻng Kanatbekovani boʻgʻib oʻldirgan, keyin oʻz joniga qasd qilgan.Bu voqea Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning qulogʻiga ham yetib borgan va u Ayzada Kanatbekovaning oʻgʻirlanishi va oʻlimi surishtiruvini shaxsiy nazoratiga olgan.Japarov Ayzada Kanatbekova bilan bogʻliq bu fojiali voqea kelish oʻgʻirlash tarixidagi soʻnggisi boʻlishi va aybdorlar jazolanishi kerakligini taʼkidlagan.
27 yoshli Ayzada Kantabekovning shov-shuvli oʻlimi miting uyushtirilishiga sabab boʻlgan.
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Qirgʻiziston poytaxtida kelin oʻgʻirlash va qizlarni zoʻrlab turmushga berishga qarshi norozilik namoyishi boʻlib oʻtmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Mamlakat IIV binosi oldida yuzlab namoyishchilar toʻplangan. Ularning qoʻllarida “Jinoyat jazolanishi shart”, “Bizni oʻgʻirlashni bas qilishlari uchun necha kishimiz oʻlishi kerak” va “Ala kachuu (kelin oʻgʻirlash – Sputnik.) – bu anʼana emas” deb yozilgan plakatlar bor. “Sharmanda” deb baqirishmoqda.
Namoyishchilarning bir qismi respublika ichki ishlar vaziri Ulan Niyazbekov isteʼfosi hamda huquqni himoya qilish organlari xodimlarini harakatsizlik uchun javobgarlikka tortishni talab qilmoqda.
27 yoshli Ayzada Kantabekovning shov-shuvli oʻlimi miting uyushtirilishiga sabab boʻlgan. Uni 5 aprel kuni nomaʼlum shaxslar oʻgʻirlab ketgan. Qizning qarindoshlari bu ishni uning tanishi nikohga majburlash maqsadida qilgan boʻlishini mumkinligini taxmin qilishmoqda. Militsiya olib borgan ish oʻz natijasini bermagan. 7 aprel kuni Bishkek yaqinidagi dalada choʻpon gumonlanuvchining avtomobilini topgan. Mashina ichida qiz va uni oʻgʻirlagani gumon qilinayotgan shaxsning jasadi boʻlgan. IIVning xabar qilishicha, dastlabki tergov surishtiruvlariga koʻra, erkak dahanaki jangdan soʻng Kanatbekovani boʻgʻib oʻldirgan, keyin oʻz joniga qasd qilgan.
Bu voqea Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning qulogʻiga ham yetib borgan va u Ayzada Kanatbekovaning oʻgʻirlanishi va oʻlimi surishtiruvini shaxsiy nazoratiga olgan.
Japarov Ayzada Kanatbekova bilan bogʻliq bu fojiali voqea kelish oʻgʻirlash tarixidagi soʻnggisi boʻlishi va aybdorlar jazolanishi kerakligini taʼkidlagan.