Dunyoda

Germaniya Rossiya bilan “Sputnik V”ni yetkazib berishni muhokama qilmoqchi

© AFP 2018
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Germaniya Rossiya bilan “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berish masalasini muhokama qiladi, hajm va muddatlari muhokama qilinmoqda. Bu haqda Germaniya SSV vaziri Yens Shpan maʼlum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Shpanning soʻzlariga koʻra, Yevrokomissiya Rossiya tomoni bilan boshqa ishlab chiqaruvchilar kabi shartnoma tuzishni rejalashtirmayapti. U Germaniya shu sabab Rossiya bilan yetkazib berishni ikki tomonlama tartibda muhokama qilishni rejalshtirmoqda.
“Birinchi navbatda biz qachon va qaysi hajmda yetkazib berilishi mumkinligi haqida suhbatlashamiz”, - dedi Germaniya SSV rahbari ZDF efirida.
Ampulы s preparatom vo vremya vaktsinatsii meditsinskix sotrudnikov rossiyskim preparatom Gam Kovid Vak (Sputnik V)  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Dunyoda
Manba: “Sputnik V” kovidning yangi shtammlaridan “Pfizer”ga qaraganda yaxshiroq himoya qiladi
Avvalroq Bavariya SSV “Sputnik V”ni xarid qilish toʻgʻrisidagi rejalarini maʼlum qilgan edi.
Koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasi allaqachon 60 ga yaqin mamlakatda foydalanishga ruxsat berilgan. Bu mamlakatlarning umumiy aholisi 1,5 milliarddan ziyod kishini tashkil etadi. 30 dan ziyod mamlakatda esa aholini “Sputnik V” bilan ommaviy emlash boshlangan. “Lancet” xalqaro ilmiy jurnal maʼlumotlariga koʻra, vaktsinaning samaradorligi 91 foizdan yuqoriroq. Bu bugungi kunda eng yuqori koʻrsatgichlardan biri sanaladi. 4 mart kuni Yevropa dori vositalari agentligi (YEMA) “Sputnik V” vaktsinasining izchil ekspertizasini boshlaganini xabar qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala