Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Jizzaxda xalqaro umummavsumiy kurort tashkil etiladi

© SputnikSanatoriy "Zaamin"
Sanatoriy Zaamin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Turistik zona faoliyat koʻrsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. “Zomin” turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, quyidagilar tashkil etildi:
“Zomin” turistik-rekreatsion zonasi;
“Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direktsiyasi” davlat unitar korxonasi;
Turistik zona hududida “Suffa platosi. 2 400” xalqaro umummavsumiy kurorti va “Oʻriklisoy” turizm majmuasi.
Turistik zona faoliyat koʻrsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.
2024 yil 1 yanvarga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish uchun tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqa materiallar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala