Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Rossiya

Lavrov: Rossiya AQShning har qanday nodoʻstona xatti-harakatlariga javob qaytaradi

© MID RF / Fotobankka oʻtishGlava MID RF Sergey Lavrov
Glava MID RF Sergey Lavrov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Avvalroq OAV Jo Bayden maʼmuriyati Rossiya diplomatlarini joʻnatib yuborish va yangi sanktsiyalarni kiritish ehtimolini koʻrib chiqayotganini xabar qilgan edi.
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Moskva Vashingtonning har qanday nodoʻstona xatti-harakatlariga javob qaytaradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov maʼlum qildi.
Avvalroq “Bloomberg” agentligi oʻz manbalariga tayangan holda Jo Bayden maʼmuriyati goʻyoki xakerlik hujumlari va saylovlarga aralashishga javoban Rossiya diplomatlarini joʻnatib yuborish va yangi sanktsiyalarni kiritish ehtimolini koʻrib chiqayotganini xabar qilgan edi.
“Bunga munosabat bildirish qiyin. Har qanday nodoʻstona qadamlarga javob qaytaramiz – bu oʻz-oʻzidan maʼlum. Hozircha aniq biror bir qarorlarni koʻrmadim, hech narsa eʼlon qilinmadi. Maʼmuriyat (AQSH – tahr.) Rossiyaning dushmanlarcha xatti-harakatining umumlashtiruvchi maʼlumotlarni yakunlagani haqidagi xabarlarni oʻqidim”, - dedi Lavrov Qozogʻistondagi matbuot anjumanida “Bloomberg” xabariga munosabat bildirayotib.
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Rossiya
Peskov: Putin AQShning Rossiya bilan kuch yoʻli gaplashishiga yoʻl qoʻymaydi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala