Malibu-2, Equinox va Tracker narxlari nega oshdi – UzAuto izoh berdi

© UzAutoAvtomobili UzAuto Motors
Avtomobili UzAuto Motors - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Obuna bo‘lish
UzAuto Motors xabariga ko‘ra, avtomobillarning ayrim modellar narxi oshishiga dollar va Koreya valyutalari kursi hamda avtomobillarning yangilangan modellari chiqishi sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 8 apr – Sputnik. UzAuto Motors kompaniyasi aprel oyida Malibu-2, Equinox va Tracker avtomobillari narxi nega oshganiga izoh berdi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ikkinchi avlod Chevrolet Malibu avtomobillari 2017-yil aprel oyida paydo bo‘lgan va uning narxi avtomobil modifikatsiyasidan kelib chiqib tasdiqlangan va shu vaqtga qadar biror marta narxi oshmagan.
Ikki litr xajmdagi turbomotorli Chevrolet Malibu LTZ Premier Facelift avtomobilining so‘ngi Premium versiyasi 2019-yil oktabr oyida sotuvga chiqarildi. Ushbu avtomobilning narxi 2021-yil mart oyigacha o‘zgarmadi.
Dollar kursining o‘sishi (30%dan ko‘proqqa), Koreya Respublikasi voni kursining dollarga nisbatan mustahkamlanishi (10-15%), pandemiya va boshqa omillar natijasida logistika narxining dunyo miqyosida o‘sishi ushbu avtomobil rusumi narxining yangilanishiga asosiy sabablaridan bo‘ldi.
Shuningdek, yangilangan Chevrolet Tracker avtomobilibir qator yangi funksiyalarga ega bo‘ldi, jumladan - iqlim nazorati, elektron boshqariluvchi xaydovchi o‘rindiqlari va sun’iy charmdan ishlangan o‘rindiqlar hamda boshqa bir qator qulayliklar mavjud bo‘lgan Redline konfiguratsiyasi taqdim etilgan.
Chevrolet Equinox avtomobilining RS komplektatsiyasida yangilanishi munosabati bilan quyidagi qo‘shimcha qulayliklar paydo bo‘ldi: to‘liq svetodiodli faralar, moslashuvchan Cruise-nazorat, avtoturargohdan chiqishda boshqa transport vositalari xaraqati haqida ogohlantirish tizimi, ko‘rinmas zonalar monitoringi, oldi o‘rindiqlarda xavo almashtirish tizimi, Premium toifadagi akustika tizimi va yana bir qator elektron xavfsizlik tizimlari.
Yangiliklar lentasi
0