Jamiyat

Moʻynoqni bir vaqtlar tashlab ketganlar bugun afsusda - Orolboʻyi hududidan reportaj

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v Muynak
Press-tur v Muynak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Oʻzbekiston poytaxtidan 1300 kilometr uzoqlikda, Qoraqalpogʻistondagi koʻp yillar davomida eʼtibordan chetda qolgan sobiq port-shahar Moʻynoqqa bugun hayot qaytmoqda. Mahalliy aholining aytishicha, Orol quriy boshlaganda Moʻynoqni tashlab ketganlar bugun afsusda.
Orol dengizi Moʻynoqni tashlab ketguniga qadar, mahalliy aholi, asosan, baliqchilik bilan kun kechirgan yoki Orol dengizi portlaridagi baliq kombinatlarida ishlagan. Shunday baliqchilardan biri — moʻynoqlik Ali Shatdinov, yana bir necha oydan soʻng 70 yoshni qarshi oladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v Muynak
Press-tur v Muynak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Press-tur v Muynak
"Ota-bobolarimiz sovet hukumati oʻrnatilmasdan turib ham baliq ovlab kun koʻrishgan. Orol ocharchilikdan koʻp odamlarni olib qolgan", deydi Sputnik muxbiri bilan suhbatda baliqchi va Moʻynoq bir vaqtlar port-shahar boʻlganligiga bugun koʻpchilik ishonmasligini qoʻshimcha qiladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaAli Shatdinov
Ali Shatdinov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Ali Shatdinov
Suhbatdoshning aytishicha, Orol dengiziga fojia yaqinlashayotganini - xususan, suv sathi kundan-kun pasaya boshlaganini birinchi boʻlib haftalab dengizda baliq ovlash bilan shugʻullangan baliqchilar payqashgan.

"Kunlarning birida ular ovdan qaytib, bizga "Sezdingizmi, suv tobora achqimtir boʻlib borayotir. Orol dengizi qaytib borayotir", deyishdi. Orol quriy boshladi - suv tobora shoʻrlanib, kundan-kunga qurib boraverdi. Dengiz baliqqa toʻlib ketdi, baliqlar ogʻzini suvdan chiqargan holda hech kimga keraksiz yotardi. Mahalliy konserva zavodi ham baliq olishni toʻxtatgandi. Baligʻini oʻtkaza olmagani uchun toʻkib tashlaganlar ham boʻldi... Dengiz shoʻrlanishda davom etavergach, baliqlar ham yoʻqolib ketdi" - Ali Shatdinov goʻyoki uzoq oʻtmishni koʻz oldiga keltirgandek bir necha daqiqa bitta nuqtaga tikilib qoladi.

Suhbatdoshning ovozidagi mahzunlikni keyinroq anglayman. Oʻshanda, taxminan yarim asr oldin roʻy bergan fojia tufayli, odamlarga bir burda non topishlariga sababchi boʻlgan konserva kombinatlari sekin-asta yopila boshlagach, Orol ortidan baliqchilar ham yoppasiga Moʻynoqni tashlab ketishgan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaRыbnыe konservы, kotorыe gotovilis na rыbnыx kombinatax v Muynake do togo kak Aralskoye more nachalo vыsыxat
Rыbnыe konservы, kotorыe gotovilis na rыbnыx kombinatax v Muynake do togo kak Aralskoye more nachalo vыsыxat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Rыbnыe konservы, kotorыe gotovilis na rыbnыx kombinatax v Muynake do togo kak Aralskoye more nachalo vыsыxat
"Doʻstlarimning deyarli hammasi koʻchib ketishdi, port huvillab qoldi, kemalar turgan joyida qolaverdi", - deya hikoya qiladi oqsoqol.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v Muynak
Press-tur v Muynak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Press-tur v Muynak
Ota-bobosi, oʻzi tugʻilib oʻsgan vatanni tashlab ketishga koʻzi qiymagan Ali Shatdinov bugun Amudaryoga borib baliqchilik qiladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v Muynak
Press-tur v Muynak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Press-tur v Muynak
"Doʻstlarimning bittasi yaqinda keldi. Moʻynoqdagi boʻlayotgan oʻzgarishlarni koʻrib, "Moʻynoq shunday boʻlib ketishini bilganimda sira koʻchib ketmasdim" dedi", - deya hikoyasini davom ettiradi suhbatdosh.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v Muynak
Press-tur v Muynak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Press-tur v Muynak
Bir vaqtlar unutilib, eʼtibordan chetda qolgan Moʻynoqqa bugun hayot qaytmoqda.
Keng yoʻllar yoqasidagi zamonaviy uylar, mehmonxonalar, bogʻcha-maktablar poytaxtdagilardan aslo qolishmaydi.
Detskiy sad v Karakalpakii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2021
Jamiyat
Sahrodagi qasrlar: Qoraqalpogʻiston bogʻchalari qanday isloh qilinmoqda? Sputnik reportaji
Yuzlab yangi ish oʻrinlari tashkil etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 23 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida global iqlim oʻzgarishlari Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tugʻdirayotganini taʼkidlagan va dunyo hamjamiyati eʼtiborini yana bir bor Orol dengizi qurishining halokatli oqibatlariga qaratgan edi.
Orol dengizi. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.10.2019
Foto
Orol: dahshatli fojia va maftunkor goʻzallik – qiziqarli suratlar
Prezident Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb eʼlon qilish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etdi.
Davlat rahbarining fikriga koʻra, ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq boʻlardi.
Ha, Qoraqalpogʻiston, xususan, Moʻynoq ogʻir sinovlarni boshdan kechirdi. Odatiy hayot tarzi bir avlod koʻz oʻngida chilparchin boʻldi; bir avlod oʻzgarmay, tabiat butkul boshqacha koʻrinish oldi. Bir qarashda inson hayot kechirishi uchun umuman sharoit ham, umid ham, ilinj ham qolmagandek edi, goʻyo. Biroq... Tabiat qanchalar sinovlarga solishni yaxshi koʻrmasin, irodasi, sabri va matonatini tekshirib koʻrgisi kelmasin, inson undan-da qaysarroq. Tabiat vaqtida katta inʼomlar tortiq qildi, soʻng uni olib qoʻydi. Lekin insonga faqat baliq berilmagan-ku, unga bundan-da yuksakroq, oliyroq va qimmatliroq unsur inʼom etilgan – aql, salohiyat. Bular orqali u hammasiga erishishi mumkin. Yangilanayotgan Moʻynoq inson salohiyati, sabri va matonati har nedan ustun turishi, u har qanday sharoitda ham oʻziga yoʻl topib ketishini yana bir bor isbotladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala