Mo‘ynoqni bir vaqtlar tashlab ketganlar bugun afsusda - Orolbo‘yi hududidan reportaj

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v Muynak
Press-tur v Muynak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston poytaxtidan 1300 kilometr uzoqlikda, Qoraqalpog‘istondagi ko‘p yillar davomida e’tibordan chetda qolgan sobiq port-shahar Mo‘ynoqqa bugun hayot qaytmoqda. Mahalliy aholining aytishicha, Orol quriy boshlaganda Mo‘ynoqni tashlab ketganlar bugun afsusda.
Orol dengizi Mo‘ynoqni tashlab ketguniga qadar, mahalliy aholi, asosan, baliqchilik bilan kun kechirgan yoki Orol dengizi portlaridagi baliq kombinatlarida ishlagan. Shunday baliqchilardan biri — mo‘ynoqlik Ali Shatdinov, yana bir necha oydan so‘ng 70 yoshni qarshi oladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v Muynak
Press-tur v Muynak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Press-tur v Muynak
"Ota-bobolarimiz sovet hukumati o‘rnatilmasdan turib ham baliq ovlab kun ko‘rishgan. Orol ocharchilikdan ko‘p odamlarni olib qolgan", deydi Sputnik muxbiri bilan suhbatda baliqchi va Mo‘ynoq bir vaqtlar port-shahar bo‘lganligiga bugun ko‘pchilik ishonmasligini qo‘shimcha qiladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaAli Shatdinov
Ali Shatdinov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Ali Shatdinov
Suhbatdoshning aytishicha, Orol dengiziga fojia yaqinlashayotganini - xususan, suv sathi kundan-kun pasaya boshlaganini birinchi bo‘lib haftalab dengizda baliq ovlash bilan shug‘ullangan baliqchilar payqashgan.

"Kunlarning birida ular ovdan qaytib, bizga "Sezdingizmi, suv tobora achqimtir bo‘lib borayotir. Orol dengizi qaytib borayotir", deyishdi. Orol quriy boshladi - suv tobora sho‘rlanib, kundan-kunga qurib boraverdi. Dengiz baliqqa to‘lib ketdi, baliqlar og‘zini suvdan chiqargan holda hech kimga keraksiz yotardi. Mahalliy konserva zavodi ham baliq olishni to‘xtatgandi. Balig‘ini o‘tkaza olmagani uchun to‘kib tashlaganlar ham bo‘ldi... Dengiz sho‘rlanishda davom etavergach, baliqlar ham yo‘qolib ketdi" - Ali Shatdinov go‘yoki uzoq o‘tmishni ko‘z oldiga keltirgandek bir necha daqiqa bitta nuqtaga tikilib qoladi.

Suhbatdoshning ovozidagi mahzunlikni keyinroq anglayman. O‘shanda, taxminan yarim asr oldin ro‘y bergan fojia tufayli, odamlarga bir burda non topishlariga sababchi bo‘lgan konserva kombinatlari sekin-asta yopila boshlagach, Orol ortidan baliqchilar ham yoppasiga Mo‘ynoqni tashlab ketishgan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaRibnie konservi, kotorie gotovilis na ribnix kombinatax v Muynake do togo kak Aralskoe more nachalo visixat
Ribnie konservi, kotorie gotovilis na ribnix kombinatax v Muynake do togo kak Aralskoe more nachalo visixat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Ribnie konservi, kotorie gotovilis na ribnix kombinatax v Muynake do togo kak Aralskoe more nachalo visixat
"Do‘stlarimning deyarli hammasi ko‘chib ketishdi, port huvillab qoldi, kemalar turgan joyida qolaverdi", - deya hikoya qiladi oqsoqol.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v Muynak
Press-tur v Muynak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Press-tur v Muynak
Ota-bobosi, o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanni tashlab ketishga ko‘zi qiymagan Ali Shatdinov bugun Amudaryoga borib baliqchilik qiladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v Muynak
Press-tur v Muynak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Press-tur v Muynak
"Do‘stlarimning bittasi yaqinda keldi. Mo‘ynoqdagi bo‘layotgan o‘zgarishlarni ko‘rib, "Mo‘ynoq shunday bo‘lib ketishini bilganimda sira ko‘chib ketmasdim" dedi", - deya hikoyasini davom ettiradi suhbatdosh.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v Muynak
Press-tur v Muynak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Press-tur v Muynak
Bir vaqtlar unutilib, e’tibordan chetda qolgan Mo‘ynoqqa bugun hayot qaytmoqda.
Keng yo‘llar yoqasidagi zamonaviy uylar, mehmonxonalar, bog‘cha-maktablar poytaxtdagilardan aslo qolishmaydi.
Detskiy sad v Karakalpakii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Sahrodagi qasrlar: Qoraqalpog‘iston bog‘chalari qanday isloh qilinmoqda? Sputnik reportaji
Yuzlab yangi ish o‘rinlari tashkil etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 23-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida global iqlim o‘zgarishlari Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tug‘dirayotganini ta’kidlagan va dunyo hamjamiyati e’tiborini yana bir bor Orol dengizi qurishining halokatli oqibatlariga qaratgan edi.
Orol dengizi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2019
Orol: dahshatli fojia va maftunkor go‘zallik – qiziqarli suratlar
Prezident Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etdi.
Davlat rahbarining fikriga ko‘ra, ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Ha, Qoraqalpog‘iston, xususan, Mo‘ynoq og‘ir sinovlarni boshdan kechirdi. Odatiy hayot tarzi bir avlod ko‘z o‘ngida chilparchin bo‘ldi; bir avlod o‘zgarmay, tabiat butkul boshqacha ko‘rinish oldi. Bir qarashda inson hayot kechirishi uchun umuman sharoit ham, umid ham, ilinj ham qolmagandek edi, go‘yo. Biroq... Tabiat qanchalar sinovlarga solishni yaxshi ko‘rmasin, irodasi, sabri va matonatini tekshirib ko‘rgisi kelmasin, inson undan-da qaysarroq. Tabiat vaqtida katta in’omlar tortiq qildi, so‘ng uni olib qo‘ydi. Lekin insonga faqat baliq berilmagan-ku, unga bundan-da yuksakroq, oliyroq va qimmatliroq unsur in’om etilgan – aql, salohiyat. Bular orqali u hammasiga erishishi mumkin. Yangilanayotgan Mo‘ynoq inson salohiyati, sabri va matonati har nedan ustun turishi, u har qanday sharoitda ham o‘ziga yo‘l topib ketishini yana bir bor isbotladi.
Yangiliklar lentasi
0