Sport

“Navbahor” - “Paxtakor” oʻyinida hakamlar va mehmon jamoaga turli buyumlar uloqtirildi

© Foto: Championat.AsiaMatch pyatogo tura Superligi Uzbekistana po futbolu mejdu namanganskim "Navbaxorom" i stolichnыm "Paxtakorom" zavershilsya besporyadkami.
Match pyatogo tura Superligi Uzbekistana po futbolu mejdu namanganskim Navbaxorom i stolichnыm Paxtakorom zavershilsya besporyadkami. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Namanganning “Navbahor” va poytaxtning “Paxtakor” futbol jamoalari oʻrtasida oʻyin tartibsizliklar bilan yakunlandi.
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Superligasi 5-turidan oʻrin olgan Namanganning “Navbahor” va poytaxtning “Paxtakor” futbol jamoalari oʻrtasidagi oʻyin tartibsizliklar bilan yakunlandi. 7 aprel kuni “Navbahor” oʻyingohida boʻlib oʻtgan oʻyin 2:1 hisobda poytaxtliklar foydasiga hal boʻldi.
Hal qiluvchi gol bahsning 89-daqiqasida uchrashuv bosh hakami Firdavs Norsafarov videotakrorlardan keyin “Navbahor” darvozasiga belgilagan penaltidan soʻng urildi. Hakamning bu qarori stadionga toʻplangan futbol ishqibozlarining keskin eʼtirozlariga sabab boʻlib, ularni junbushga keltirdi.
Tomoshabinlar oʻyin yakunlangach, hakam va “Paxtakor” futbolchilar tomon turli buyumlarni “uchirdi”. Bundan tashqari, stadion atrofida minglab ishqibozlar toʻplanib, oʻz noroziligini bildirdi. Kelgan muxlislar soni 15 mingdan ziyod edi.
Namangan viloyati IIB eʼtiroz bildirgan tomoshabinlar bilan tushuntirish ishlari olib borilgani, olomon tarqatilganini xabar qildi. Hakam, mehmon oʻyinchilar va “Paxtakor” fan-klubining 35 nafar aʼzosi nazorat ostida Namangan shahridan kuzatib qoʻyilgan.
Tomoshabinlar orasida faol eʼtiroz bildirib, boshqalarga taʼsir oʻtkazmoqchi boʻlgan 2 nafar futbol ishqibozi ajratib olingan. Ular Davlatobod tuman IIBga olib kelingan va shaxslariga aniqlik kiritilgan. Keyin ular bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.
“Xizmat mobaynida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan huquqni muhofaza qiluvchi barcha idoralar shaxsiy tarkibi orasida hech qanday tan jarohat olish holatlariga yoʻl qoʻyilmadi”,- deyilgan xabarda.
“Navbahor” futbol klubi muxlislarining ushbu qiliqlaridan afsus bildirgan va bu klubga qimmatga tushishini qayd etgan. Chunki klub jarima tortilishi mumkin.
Bokovoy sudya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Sport
“Soʻgʻdiyona”-“Turon” uchrashuvi bosh hakami nomuayyan muddatga hakamlikdan chetlatildi
"Shunday ekan, aziz va qadrli “Navbahor” ishqibozlari, muxlislik madaniyatiga amal qilgan holda bu borada boshqa jamoa ishqibozlariga oʻrnak boʻlaylik!", - deyilgan klub xabarida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala