Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Iqtisod

Oʻzbekiston MDHda birinchi boʻlib pivoni markirovka qilishni boshladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishRabota likerovodochnogo zavoda "SPI-RVVK" v Kaliningrade
Rabota likerovodochnogo zavoda SPI-RVVK v Kaliningrade - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Davlat Soliq qoʻmitasi xususiy ishlab chiqariuvchilar bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib pivo va alkogol mahsulotlarini markirovka qilishni boshladi.
TOSHKENT, 8 apr - Sputnik. Oʻzbekiston – MDH hududida pivo mahsulotlarini majburiy raqamli markirovka qilishni yoʻlga qoʻygan birinchi va yagona davlat boʻldi deb xabar qilmoqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga koʻra, Oʻzbekistonda 2021 yilning 1 yanvaridan tamaki va alkogol, shu jumladan pivo mahsulotlarini raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish boshlangan.

2021 yil 1 apreldan respublikadagi 3ta yirik pivo zavodida(umumiy bozorning 76,9%)markirovkalangan mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi, - deyilgan xabarda.

Undan tashqari 7,8 mingdan ortiq tamaki va alkogol mahsulotlari aylanmasi zanjiri tizimi ishtirokchilari roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Markirovka qilish Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20noyabrdagi 737-sonli qaroriga muvofiq davlat-xususiy hamkorlik shartnomasi asosida "CRPT Turon" MCHJ bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala