Oʻzbekiston va Qatar toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarni yoʻlga qoʻyadi
Oʻzbekiston va Qatar toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarni yoʻlga qoʻyadi
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnov yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari, turizm
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnov yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning Qatar aviatsiya idoralari vakillari bilan uchrashuvida maʼlum qilindi.Qatar delegatsiyasi respublikaga ikki mamlakat oʻrtasidagi havo qatnoviga doir Hukumatlararo bitim tuzish, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻlovchi aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish uchun kelgan.Taʼkidlanishicha, havo qatnovi toʻgʻrisida bitim imzolanishi Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirish, sayyohlik va ishbilarmonlik almashinuvini jadallashtirilishiga xizmat qiladi.“Qatar Airways” departamenti rahbari Salam al-Samarriy Oʻzbekistonga parvozlarni amalga oshirish va respublika mintaqaviy aeroportlarida joriy qilingan "ochiq osmon" rejimidan foydalanishga qiziqish bildirgan.Shuningdek, Fors koʻrfazining boshqa mamlakatlaridan ham sayyohlarni jalb qilish mumkinligi taʼkidlandi.
Qatar delegatsiyasining respublikaga ikki mamlakat oʻrtasida havo qatnoviga doir Hukumatlararo bitim tuzish uchun keldi.
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnov yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning Qatar aviatsiya idoralari vakillari bilan uchrashuvida maʼlum qilindi.
Qatar delegatsiyasi respublikaga ikki mamlakat oʻrtasidagi havo qatnoviga doir Hukumatlararo bitim tuzish, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻlovchi aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish uchun kelgan.
Taʼkidlanishicha, havo qatnovi toʻgʻrisida bitim imzolanishi Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirish, sayyohlik va ishbilarmonlik almashinuvini jadallashtirilishiga xizmat qiladi.
“Qatar Airways” departamenti rahbari Salam al-Samarriy Oʻzbekistonga parvozlarni amalga oshirish va respublika mintaqaviy aeroportlarida joriy qilingan "ochiq osmon" rejimidan foydalanishga qiziqish bildirgan.
Shuningdek, Fors koʻrfazining boshqa mamlakatlaridan ham sayyohlarni jalb qilish mumkinligi taʼkidlandi.