O‘zbekiston va Qatar to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRussia Qatar World Cup 2022
Russia Qatar World Cup 2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Obuna bo‘lish
Qatar delegatsiyasining respublikaga ikki mamlakat o‘rtasida havo qatnoviga doir Hukumatlararo bitim tuzish uchun keldi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning Qatar aviatsiya idoralari vakillari bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Qatar delegatsiyasi respublikaga ikki mamlakat o‘rtasidagi havo qatnoviga doir Hukumatlararo bitim tuzish, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish uchun kelgan.
Ta’kidlanishicha, havo qatnovi to‘g‘risida bitim imzolanishi O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirish, sayyohlik va ishbilarmonlik almashinuvini jadallashtirilishiga xizmat qiladi.
Boeing 757 uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2021
Quvaytga charter reyslar qo‘yilmoqda
“Qatar Airways” departamenti rahbari Salam al-Samarriy O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish va respublika mintaqaviy aeroportlarida joriy qilingan "ochiq osmon" rejimidan foydalanishga qiziqish bildirgan.
Shuningdek, Fors ko‘rfazining boshqa mamlakatlaridan ham sayyohlarni jalb qilish mumkinligi ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0