“O‘zbekkino” nomi o‘zgartirildi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov30 dekabrya v natsionalnom agentstve Uzbekkino proshel Den otkritix dverey dlya obshestvennosti, SMI i blogerov
30 dekabrya v natsionalnom agentstve Uzbekkino proshel Den otkritix dverey dlya obshestvennosti, SMI i blogerov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Obuna bo‘lish
Prezident farmoni bilan "O‘zbekkino" milliy agentligi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. “O‘zbekkino” milliy agentligi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolaganKino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonda aytilgan.
Farmon bilan Agentlikka “Oltin Xumo” milliy kino mukofoti taqdimotini har yili an’anaviy ravishda o‘tkazib borish, “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini ta’sis etish va uni 2021-yildan boshlab muntazam o‘tkazib borish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish vazifasi yuklatilmoqda.
Kinematografiya agentligi oldiga xorijiy kinokompaniyalarni mamlakatga jalb qilish va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishni rivojlantirish vazifasi qo‘yilgan.
VI Mejdunarodniy kinofestival stran Azii, Afriki i Latinskoy Ameriki. Otkritie festivalya vo Dvorse iskusstv. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2020
Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi
Milliy seriallar ishlab chiqarishni davlat tomonidan rag‘batlantirish, animatsion filmlar ishlab chiqarishga yosh multiplikator va animatorlarni keng jalb qilish uning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi.
Shuningdek, agentlik zimmasiga sohada mualliflik huquqining kafolatli himoya qilinishini ta’minlash, kinoprokat tizimini rivojlantirish va milliy filmlarni jahon kino bozorlariga olib chiqish vazifasi yuklatilgan.
Yangiliklar lentasi
0