Ramazon oyi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovPrazdnovanie Namaz xayit v Tashkente
Prazdnovanie Namaz xayit v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Ramazon oyining boshlanishi 13-aprelga to‘g‘ri keladi. “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

"Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini karantin qoidalariga rioya qilgan holda milliy an’ana va qadriyatlarga mos va munosib holda o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsin", - deyilgan qarorda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston musulmonlari idorasining axborotiga ko‘ra 2021-yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 13-aprel kuniga to‘g‘ri keladi.
Yangiliklar lentasi
0