Surxondaryoda qulab tushgan elektr uzatish tarmog‘i qayta tiklandi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Obuna bo‘lish
Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yog‘ingarchilik va shamol oqibatida ikkita 500 kVli L-508 elektr uzatish tarmog‘ining ikkita tayanchi qulab tushdi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. 4-aprel kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yog‘ingarchilik va shamol oqibatida ikkita 500 kVli L-508 elektr uzatish tarmog‘ining ikkita tayanchi qulab tushdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Buning natijasida “Surxon” podstansiyasini “G‘uzor” podstansiyasi bilan bog‘lovchi elektr uzatish tarmog‘ida uzilish yuzaga kelgan.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” maxsus brigadalari 7-aprel kuni qulagan tayanchlarni tiklash ishlarini to‘liq yakunlagan. Hozirda elektr uzatish tarmog‘i qayta tiklangan.
Yangiliklar lentasi
0