Migratsiya

Yil boshidan buyon necha kishi xorijga ishlashga ketgani maʼlum boʻldi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Fotobankka oʻtishMigrantы
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
2020 yilda 11 mingga yaqin mehnat migrantlari xorijiy davlatlarga ishlashga yuborilgan edi.
TOSHKENT, 8 apr - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2021 yil boshidan buyon necha kishi xorijga ishlash uchun ketganini xabar qildi.
Xabrada aytilishiag koʻra, yil boshidan buyon 9 465 fuqaro Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijiy davlatlarda ishga joylashtirildi. Ulardan:
8034 nafari Rossiya Federatsiyasiga;
1285 nafari Qozogʻiston Respublikasiga;
143 nafari Janubiy Koreyaga ;
3 nafari BAAga.
Shuningdek, tashqi mehnat bozoridagi 220 ta salohiyatli ish beruvchilar va rekruting agentliklari bilan muzokaralar oʻtkazilib, ulardagi 64 ming 954 ta boʻsh ish oʻrinlari aniqlangani atyib oʻtilgan.
Respublika ichida esa 13 427 kishi kasb hunar markazlariga oʻqishga jalb qilingan.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilda butun yil davomida 11 mingga yaqin mehnat migrantlari xorijiy davlatlarga ishlashga yuborilgan edi.
Tsentr sodeystviya migrantam  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2021
Migratsiya
Rossiyada migrantlar uchun 3ta asosiy maqom joriy etiladi
Oʻzbekistonlik mehnat migrantlari uchun asosiy mehnat bozori boʻlgan Rossiya Federatsiyasida 2021 yildan boshlab migratsion qonunlar oʻzgarishi hamda koronavirus bilan bogʻliq cheklovlar toʻliq bekor qilinmagani tufayli mehnat migrantlari uchun kelish imkoniyati cheklangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala