Yil boshidan buyon necha kishi xorijga ishlashga ketgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishMigranti
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Obuna bo‘lish
2020 yilda 11 mingga yaqin mehnat migrantlari xorijiy davlatlarga ishlashga yuborilgan edi.
TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2021-yil boshidan buyon necha kishi xorijga ishlash uchun ketganini xabar qildi.
Xabrada aytilishiag ko‘ra, yil boshidan buyon 9 465 fuqaro Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijiy davlatlarda ishga joylashtirildi. Ulardan:
8034 nafari Rossiya Federatsiyasiga;
1285 nafari Qozog‘iston Respublikasiga;
143 nafari Janubiy Koreyaga ;
3 nafari BAAga.
Shuningdek, tashqi mehnat bozoridagi 220 ta salohiyatli ish beruvchilar va rekruting agentliklari bilan muzokaralar o‘tkazilib, ulardagi 64 ming 954 ta bo‘sh ish o‘rinlari aniqlangani atyib o‘tilgan.
Respublika ichida esa 13 427 kishi kasb hunar markazlariga o‘qishga jalb qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda butun yil davomida 11 mingga yaqin mehnat migrantlari xorijiy davlatlarga ishlashga yuborilgan edi.
Sentr sodeystviya migrantam  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2021
Rossiyada migrantlar uchun 3ta asosiy maqom joriy etiladi
O‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun asosiy mehnat bozori bo‘lgan Rossiya Federatsiyasida 2021-yildan boshlab migratsion qonunlar o‘zgarishi hamda koronavirus bilan bog‘liq cheklovlar to‘liq bekor qilinmagani tufayli mehnat migrantlari uchun kelish imkoniyati cheklangan.
Yangiliklar lentasi
0