Rossiya

Yirik rejalarni amalga oshirish uchun Rossiyaga migrantlar yetishmayapti – Peskov

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtish press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
 press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Rossiyada soʻnggi yilda migrantlar soni sezilarli kamaydi. Hozir keng koʻlamli loyihalarni amalga oshirish uchun ular yetishmayapti. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.
Peskov rossiyaliklarning migrantlarga boʻlgan munosabati haqidagi savolga javob berayotib, bu mavzu yuzasidan oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrov natijalari bilan tanishib chiqmaganligini bildirdi.
“Faqat voqelikni taʼkidlashim mumkin, soʻnggi yilda bizda migrantlar umuman kamaydi. Va bu migrantlarning oʻzi bizga yirik loyihalarni amalga oshirish uchun juda-juda yetishmayapti”, - dedi Kreml vakili.
Posadka na vыvoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2021
Migratsiya
Rossiyaga bir million nafargacha mehnat migrantlari qaytishi mumkin
Peskov gap, jumladan, qurilish sohasidagi loyihalar haqida ketayotganini tushuntirdi.
“Biz hozirgiga qaraganda koʻproq qurishimish lozim. Lekin buning uchun ishchi kuchi darkor. Pandemiya sabab ular kamaydi”, - dedi u.
Putin matbuot kotibi migrantlar qishloq xoʻjaligida ham zarurligini taʼkidladi. “Shu bois, shubhasiz, migrantlar yetishmasligi bor”, - deya xulosa qildi u.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala